Tadbirkorlik-kishilarning moddiy va pul mablag'larini amalda xo'jalik oborotiga tushirib, daromad topish mo'ljallangan iqtisodiy foa liyatidir. Tadbirkorlik, umuman pul topish
emas,
balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi. Pul topish yollanib ishlash,
erni ijaraga berib renta olish, pulni bankka qo'yib protsent olish orqali ham bo'ladi. Ammo ular
tadbirkorlikka kirmaydi.
Tadbirkorlik mavhum narsa emas, balki aniq maqsadga qaratilgan faoliyat aniq shaxslar xatti-
harakatida namoyon bo'ladi.
Tadbirkorlik ishi bilan shug'ullanuvchi shaxslar tadbirkor yoki ishbilarmon deb yuritiladi. «O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to'g'risida»gi qonunga ko'ra
«Tadbirkorlik — mulkchilik sub'ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy
javobgarligi asosida amalda qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko'rsatishdir».
Tadbirkorlar sinfi erkin bozor iqtisodiyotiga tayangan demokratik jamiyatdagi
o'rtancha sinfdir. Ular
iqtisodiy faol guruh hisoblanadi. O'rtancha sinf ikki qutbdagilar- boylar va kambag'allar hisobidan
ortib boradi. Bu toifa o'rtacha mavqega ega, uning vakillari ham o'z biznesiga, mulkiga ega, ammo
ayni vaqtda o'zlari ham ishlaydilar. Ular o'ziga to'q guruh, shu sababli jamiyatda sotsial keskinlik
chiqarmaydilar, sinfiy kurash va revolyutsiyaga moyil bo'lmaydilar. Ular o'z tabiati bilan gibrid, ya'ni
chatishilgan sotsial tabaqadir. Tadbirko rlar sinfi turli toifadagi ishbilarmonlardan iborat bo'ladi..
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida
tadbirkor-ishbilarmonlarning quydagi guruhlari paydo bo'ladi: l.Mayda ishlab chikarish bilan band bo'lgach ishbilarmonlar; ular odatda
yakka tartibda faoliyat ko'rsatuvchilar deb yuritiladi. 2.
Intellektual mulk sohiblari
aqliy-ijodiy mehnat bilan shug'ullanuvchi kishilar.
3.