O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


qonunda tadbirkorlarga o'z mol-mulkidan foydalanish erkinligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

qonunda tadbirkorlarga o'z mol-mulkidan foydalanish erkinligi, 
maxsulotlami 
taqsimlash mustaqilligi, 
huquqiy tenglik, ixtiyoriy ishga yollash, cheklanmagan daromad olishga 
imkoni kafolatlanadi. 
Odatda tadbirkorlar qonunlar man etmagan har qanday faoliyat - bilan 
shug'ullanishga haqli bo'ladi. Tadbirkorlik faoliyati mavhum bo'lmay, aniq, ochiq-oydin ishda, ya'ni 
turli-tuman firmalar, kompaniyalar va korxonalar ishida o'z ifodasini topadi.
Tadbirkorlikning o'z 
axloqiy qoidalari bor, ulardan eng muhimi halollik va haromdan 
xazar qilishdir. Bu qoida islom ta'limotida qo'llanis hi shart deb bilinadi. Alloh taolo Qur'oni 
Karimda «halol va pokiza nafaqa englar va solih ishlar bajaringlar» deb buyurgan. Hadisi 
shariflardan birida payg'ambarimiz «halol nafaqa bilan ta'minlash har bir musulmon uchun 
farzdir» 
- deganlar. Islom ta'limotiga ko'ra mehnatsiz qo'lga kiritilgan luqma haromdir. Tadbirkorlar 
xam o'z risqu nasibasini halol mehnat bilan topishlari shart, halollik — imijga ega bo'lishni 
kafolatlaydi.
Tadbirkorlikni 
yo'lga qo'yishning quyidagi uchta muhim shakli bor: yakka holda 
tadbirkorlik qilish, shirkat va korporatsiya (kooperativ).
Yakka holda 
tadbirkorlik qilish eng oddiy shakl bo'lib, bunda boshqaruv ishlarini bir odam 
olib boradi, lekin bu barcha ishni bir odam bajaradi degani emas. Yakka holdagi tadbirkorlikka 
asoslangan korxonada juda ko'p 
yollangan ishchilar me hnat 
qiladigan joylar bor. Agar ishni bir kishn 
olib borsa, demak, u sohibkor hisoblanadn. Sohibkor nazorat qiladi, butun ma'suliyatni o'z zimmasiga 
oladi va tushgan daromadni hisoblab turadi. Tadbirkorlikni yo'lga qo'yishning mazkur shakli bir 
qancha 
afzalliklarga ega. 
Bunda tadbirkor tijorat faoliyatini hech bir 
shartnomasiz, 
faqat o'z qaroriga 
ko'ra boshlashi mumkin. Uning o'zi qabul qiladigan qaror 
shaxsiy qaror 
bo'lib, u sherikka ham, 
direktorlar kengashiga ham bog'liq bo'lmaydi. Bundan tashqari tadbirkor faqat o'z qarori uchun javob 
beradi va shunga asoslanib ish tutadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin