O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


moliyaviy imkoniyatlariga baho berish kerak



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

moliyaviy imkoniyatlariga baho berish kerak. 
Bozor talablarini hisobga olgan holda, 
ishlab chiqarish tarkibini qayta o'zgartirish lozim. 
Bunda korxonalarni texnikaviy, texnologik va 
tashkiliy iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish loyihalarini ishlab chiqishni nazarda tutish zarur.
Xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan sektorini shakllant irishning 
yagona yo'li emas. 
Yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, turli xil kooperativlar, 
shirkatlar, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni 
tashkil qilish — ikkinchi qudratli jarayon xisoblanadi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan 
mamlakatlarda barcha korxonalaming yarmidan ko'prog'i mana shunday kichik korxonalaming 
ulushigato'g'ri keladi.
Bu har bir kishiga o'z ishini tashkil qilishda o'zini sinab ko'rishga, iste'dodini va bor 
imkoniyatlarini namoyon qilishiga imkon beruvchi g'oyatda muhim manbadir. Bu manba orqali katta 
sarmoya sarf qilmasdan ham juda ko'p miqdorda ishchi o'rinlarini vujudga keltirish, shaharlarda ham, 
shuningdek qishloq joylarda ham aholining ish bilan bandligi muammosini hal etish mumkin. Ixcham 
texnologiya uskunalari bilan jihozlangan kichik korxonalarni rivojlantirish hisobiga qisqa muddat 
ichida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni avj oldirish, bu bilan ichki bozomi to'ldirish 
mumkin.
Shuning uchun ham davlat kichik ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga butun choralar bilan 
yordam ko'rsatishi kerak. Buning uchun ularni tashkil qilish va ro'yxatdan o'tkazish tartibini mumkin 
qadar soddalashtirishga, eng imtiyozli soliq tizimini vujudga keltirishga harakat qilinayapti.
Shuningdek ulaming kreditlar va moddiy resurslardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat 
tug'dirilayapti, tadbirkorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishda ularga erkinlik berilayapti. Davlat 
tasarmfidan chiqqan kichik korxonalar qonun orqali va davlat ijroiya hokimiyatining butun kuchi bilan 
qattiq himoya qilinadi. Respublika Iqtisodiyotining barcha sohalarida kichik biznesni rivojlantirish va 
uni davlat tomonidan qullab-quvvatlash bo'yicha bir qancha xukumat qororlari qabul qilindi. Masalan, 
1995 yil 28 avgustda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish davlat 
dasturi,» 1997 yil 7 fevralda - «Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kreditlar 
berishni tashkil etish masalalari to'g'risida» respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Kichik biznesga, xususiy tadbirkorlikka nisbatan respublikamizni iqtisodiy jihatdan jadal 
rivojlantirishni ta'minlaydigan omil deb qaraldi.
Prezidentimiz I.Karimov: 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin