bozor munosabatlari ishlab chiqarish vositalariga va iste'mol buyumlariga bo'lgan
xususiy mulkchilikka, tovar ishlab chikaruvchilarni erkin faoliyatiga, erkin raqobat va iqtisodiyotni
ochiqligiga asoslanadi.
Iqtisodiyotning markazdan turib boshqaruv tizimiga xos xususiyatlari bo'lib barcha
bosqichlarni qamrab olish, ishlab chikarishni yuqori darajada kontsentratsiyalashuvi va uni davlat
korxonalarida monopollashganligi, ishlab chikarish faoliyatini xalq xo'jaligi samaradorligiga
yo'naltirilganligi, mamlakatning yagona xalq xo'jalik kompleksini
yopiqligi bo'lib hisoblanadi.
Sobiq SSSRda rejalashtirishning umumdavlat tizimi mavjud edi. U yuqoridan toki quyigacha
bo'lgan boshqaruv va xo'jalik organlarini faoliyatini barcha qirralarini nazorat qilar edi. Bozor
iqtisodiga o'tilishi munosabati bilan vaziyat tubdan o'zgardi. Bozor iqtisodiga har qanday ma'muriy
buyruqbozlik bilan kiritiladigan rejalar yotdir, chunki xo'jalik sub'ektlari ham huquqiy ham iqtisodiy
jihatdan davlat boshqaruvida emaslar.
Sobiq Ittifoq davrida tepadan tushirilgan rejalar qonun darajasigacha ko'tarilgan bo'lsa ham
ulardan samara bo'lmadi. Shuning uchun iqtisodiy islohotlar jarayonini boshlanishidan rejalashtirishga
bo'lgan e'tibor susaya bordi. Hozir ham bu masalaga byurokratik kamchiliklarga ega bo'lgan hoi deb
qarash uchrab turadi. Iqtisodiy rivojlanishni, aholini turmush darajasini yaxshilashni asosiy vazifa qilib
qo'ygan har bir davlat uning mexanizmlarini, bajarish muddatlarini oldindan belgilaydi. Holbuki, etti
marta o'lchab bir marta kesgan kishi yutqazmaydi. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish
munosobatlari bilan bog'liq bo'lgan har qanday muammo pirovard natijalarni oldindan ko'ra bilishni,
bashorat qilishni va rejalashtirishni talab qiladi.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti sharoitida re jalashtiris h va prognozlashtirish o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasining rivojlanish tajribasi bozor munosabatlari tizimini ma'muriy
buyruqbozli, buyurokratik tizimga asoslangan jamiyatga nisbatan hayotiy faoliyatning barcha
qirralarini samarasi yuqori bo'lishini ko'rsatayapti. Uning sabablaridan biri bozor munosabatlari
tizimiga asoslangan barcha davlat ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni