Strategik rejalashtirishning mazmuni bu milliy iqtisodiyotni, uning barcha tarmoqlari faoliyatini rivojlanishini re ja asosida tartibga solishdir. Rejalashtirish bu
boshqaruv elementidir. Rejalashtirish boshqaruv tizimida markaziy o'rinni
egallaydi. Boshqaruvning muhim xususiyatlaridan biri esa - uning
re jali xarakterga ega ekanligidir.
Rejalashtirishning mohiyati shundaki, kishilar o'z harakatlarini ongli ravishda belgilaydilar. Bu
harakatlarni resurslar bilan solishtirib chiqadilar, tashqi muhitga bevosita va bilvosita bog'liq holda
olib boradilar. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasini rivoji shuni ko'rsatayaptiki, rejalashtirish har bir mehnat
aktiga taalluqli bo'lib jamiyatni rivojlanishiga, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasiga qarab rivojlana
boradi. U bir ishlab chiqarish birligidan ajralib chiqib tadbirkorlar uyushmasi, milliy korporatsiyalar,
davlatni o'ziga ham tarqalib ketadi. Shunday qilib boshqaruv, demak rejalashtirish moddiy ne'matlar va
xizmatlar ishlab chiqaradigan tijorat tarmoqlariga ham, jamiyat va uning ayrim olingan tarmoqlariga
ham taalluqlidir.
Rejalashtirish turlicha shaklda bo'ladi: ■
Tarmoqlar, ijtimoiy, ilmiy- texnikaviy, ekologiya, moliya va boshqa aspektlar;
■
Umumdavlat, regionlar, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, ularni birlashmalari bo'yicha va hokazo;
■
Uzoq muddatli, o'rta muddatli va joriy rejalar.
Hal qilinayotgan muammolar darajasiga qarab - ular
strategik va
taktik rejalarga bo'linadi.
Strategik rejalashtirish bu kishilarni alohida bajaradigan amaliy faoliyatidir. Bu faoliyat pro gnozlar,
dastur va rejalar loyixasini tuzish bilan bog'liq bo'lgan ishlardir.
Mamlakat rivojlanishini va davlat iqtisodiy siyosatini asosiy mezoni bo'lib rejalashtirish, ayniqsa
tarmoqni rivojlanishini prognozlash hisoblanadi.