O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Tadbirkorlik qobiliyati 
oddiy ishchi kuchidan farq qiUb, ishlab chiqarishda boshqarishdan 
iborat bo'lgan alohida vazifani bajaradi. U tabiatan ishbilarmonlik qobiliyati bo'lib, alohida bir iste'dod, 
yuksak bilim, maxsus tayyorgarlik va ma'suliyat mujassami, demakdir.
Tadbirkorlik qobiliyati moddiy omillar bilan birikmaydi, balki shu omillar bilan ishchi 
kuchining samarali birikishini, iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natija olinishini ta'minlaydi. •
Milliy 
iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari.
Insoniyat tarixi xo'jalik yuritishni turli xil shakllarini biladi:
An'anaviy yoki natural iqtisodiy tizim
Bu o'ta ko'xna va qoloq iqtisodiy tizim, uzoq vaqtgacha o'zgarmay qolgani uchun arxaik (eski) tizim 
deb baholanadi. Bu tizimda qo'l mehnati hukmron, ishlab chiqarish natural xarakterga ega: mehnat 
unumdorligi va turmush darajasi g'oyat past. Iqtisodiy aloqalar xo'jalikning o'z ichida yuz beradi. 
Boshqalar bilan oldi-sotdi munosabatlari bo'lmaydi. Bu tabiatan berk iqtisodiyot davlat siyosati 
ta'siridan holi bo'ladi. An'anaviy iqtisodiy tizimning alomatlari hali tsivihzatsiya girdobiga tortilmagan, 
urug'-aymoqchilik sharoitida yashayotgan ba'zi bir Afrika xalqlarida uchrab turadi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi
Bu bozordagi talabni qondirishga qaratilgan, bozor orqali hamkorlikni taqazo etuvchi erkin va 
demokratik tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy tanlov, naf 
ko'rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi. Bozor tizimida daromad topish chegaralanmaydi, boy 
bo'lish ta'qiqlanmaydi, o'ziga to'q, farovon yashovchi odamlaming moddiy tengsizligi mavjud bo'ladi. 
Bozor tizimi asosida tovar ishlab chiqarish pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning barcha mamlakatlarida 
bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas.
Totalitar-rejali yoki buyruqbozlik-ma'muriy iqtisodiyot tizimi
Bu to'la to'kis davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab 
chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish masalasi davlatning 
buyrug'iga binoan hal qilinadi. Boy bo'lish ta'qiqlanadi, kambag'allarning tengligi hukm suradi. 
Bunday iqtisodiy tizim sobiq sotsialistik mamlakatlarda bo'lgan.
15
Меҳнат куроллари (машина, 
асбоб-ускуна, улчаш ҳисоблаш 
асбоблари)
Меҳнат предмети
(хом ашё ва
материаллар)
Моддий ашёвий 
омил
Меҳнат шароити
(бино, иншоот, йул,
омборлар ва 
ҳоказолар)



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin