O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

moliyaviy sanatsiya 
(sog'lomlashtirish) hisoblanadi. Sanatsiyada davlat korxonalaming moliyaviy axvolini yaxshilashga 
qaratilgan moliya va kredit tadbirlarini ishga soladi. Sanatsiya iqtisodiyot uchun ahamiyati katta 
korxonalarni tang xolatdan chiqirib ularni normal ishlab turishini ta'minlash hamda korxonlami 
ommaviy bankrot bo'lishiga yo'l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me'yorda saqlab 
turish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sanatsiyalash yo'llari ko'p: korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o'zgalar hisobidan to'lash, 
qarzni to'lash muddatini kechiktirish, qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman 
olmaslik, korxonaga soliqdan engillik berish, soliqni kreditga aylantirish, korxonaga buyurtma berib 
uni haqini oldindan to'lash, subsidiya ajratish, korxonaga ekport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi: Birinchisi 
- korxonaning milliy 
yoki hududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo'lishi kerak, 
ikkinchisi 
- korxonaning tang axvolga 
tushib qolishiga uning o'ziga bog'liq bo'lmagan boshqa ob'ektiv sabablar bo'lishi lozim. Davlatning 
korxonaga yordami bozor talabiga zid kelmagan taqdirdagina unga qo'l uriladi. Yomon ishlagan, bozor 
talabiga moslasha olmasdan moliyaviy inqirozga yuz tutgan korxonaga davlat yordam bermaydi, chunki 
bu bozor qoidalariga zid keladi.
Subsidiya 
ham davlat o'z siyosatida qo'llaydigan asosiy moliya vositalari sirasiga kiradi.
Subsidiya davlat tomonidan aniq maqsad yo'lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti 
bilan ajratiladigan pul mablag'idir.
Subsidiyalar 
iqtisodiyotni 
devirsifikatsiyalash 
(tarkiban 
o'zgartirish), 
eksport- importni 
muvozanatlashtirib turish, novatsiya, (yangilikni o'zlashtirish) ishlarini yo'lga qo'yish, ayrim 
hududlarga yordam berish,. Konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab 
chiqarishga o'tish) maqsadlarida ajratiladi. Aytilgan ishlar serxarajat bo'lganidan subsidiya xarajatlami 
butunlay yoki qisman qoplash uchun beriladi. Masalan, devirsifikatsiya katta joriy sarflami talab 
qiladi, shu bois ularni qoplash davlat subsidiyasi ham ishtirok etadi. Subsidiyalar eksportni qisqartirish 
yoki to'xtatib turish uchun ham ishlatiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga 
qo'shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur bo'lganda, davlat o'z tovarlarini zaxiraga o'tkazib turgan 
firmalarga subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Subsidiyalar milliy sanoatni 
o'stirish uchun ham beriladi. Tashqaridan xom ashyo kiritib, tashqariga tayyor maxsulot chiqaruvchi 
korxonalar ham subsidiyadan bahramand bo'ladilar.
Davlat texnika yangiliklarini joriy etish, resurslarni tejash, atrof- muxitni muhofaza qilish
resurslami iqtisodiyoti sust rivojlangan hududlarga joylashtirish, eksport potentsialini oshirish 
dasturlarini ishlab chiqadi. Bu dasturlarda davlat tavsiyalariga binoan ish tutgan korxonalar davlatdan 
subsidiya oladilar.
Davlat 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin