O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Davlat tadbirkorligi
Davlat katta mulk sohibi hisoblanadi, ammo davlat mulki boshqa mulklar yo'lini to'smaydi, balki 
ularga ко'так beradi. Davlat egalik qiladgan mulkning o'ziga xos chegarasi bor. Uni quyidagi
120


sharoitlar taqozo etadi: iqtisodiyotda shunday sohalar mavjudki, ularning faoliyati umummilliy hamda 
jamiyat manfaatlari uchun zamr, ammo serxarajat bo'lib, kam foyda beradi.
Davlat mulki zaminida davlat tadbirkorligi paydo bo'ladi va u iqtisodiyotning davlat sektori 
deb ataladi. 
Davlat sektorining iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiyati hamma mamlakatlarda bir xil 
emas. Bozor iqtisodiyotiga o'tishda O'zbekistonga xos belgi - bu iqtisodiyotni davlat tasarrufidan 
chiqarishdir. Shu sababdan O'zbekistonda iqtisodiyotdagi davlat sektorining salmog'i qisqarib 
bormoqda.
Davlat tadbirkorligining o'ziga yarasha ziddiyatlari bor, bu tadbirkorlik, bir tomondan, iqtisodiyot 
uchun zarur, ikkinchi tomondan, u g'oyat serxarajat.
Davlat bozorga iste'molchi - xaridor sifatida ham chiqadi. Davlat byurtmachilariga binoan ishlash 
firmalar uchun qulay bozor yaratadi, chunki tovarlar va xizmatlar oldindan be lgilangan miqdorda va 
kelishilgan narxda albatta sotiladi. Davlat xususiy sektorda jamg'arilib, bozorga chiqmay qolishi 
mumkin bo'lgan pulni soliq undirish orqali o'z qo'liga olib, uni o'z byurtmasini xarid etishga jalb etadi, 
ya'ni bozorni kengaytiradi. Demak, davlat o'z xaridi bilan iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo'shadi.
Bozor tizimida davlatning iqtisodiyotni tartiblashdan iborat faoliyati ma'muriy taziyq 
orqali emas, balki iqtisodiy vositalar bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy (sotsial) siyosat
Davlatning ijtimoiy siyosati iqtisodiyotni tartiblashga bevosita ta'sir etmaydi, 
balki jamiyatda 
sotsial totuvlik va hamjihatlikni ta'minlab, 
iqtisodiy o'sish uchun qulay ijtimoiy sharoit yaratadi. 
Firma sohiblari bilan mehnat ahli o'rasidagi nizo iqtisodiyotni izdan chiqaradi, aksincha, ularning 
ijtimoiy hamjihatlikda ishlashi- iqtisodiy o'sish sharti hisoblanadi. Davlat mehnat munosobatlariga 
aralashganida ish beruvchilar bilan yollanib ishlovchilar o'rtasida ziddiyat chiqmasligi choralarini 
ko'radi, mabodo chiqqan taqdirda ham qonunlar asosida tinch yo'l bilan hal etilishiga erishiladi. Davlat 
ish kuni va ish haftasining davomiyligi qonun yo'li bilan belgilab qo'yadi, minimal(eng kam) ish haqi 
miqdorini o'rnatadi, undan kam ish haqi to'lashga hech kim jazm eta olma ydi. Davlat ishsizlarni yangi 
kasblarga o'rgatish uchun mablag' ajratadi, ish kunini qisqartirish hisobidan qo'shimcha ravishda ishchi 
va xizmatchilarni ishga olgan, yangi ish o'rinlari yaratgan firmalarga soliqdan engillik beradi. Davlat 
o'z hisobidan mehnat birjalari orqali ishsizlarga ishsizlik nafaqasi to'laydi, ularning xorijga chiqib 
ishlashiga sharoit yatatadi. Xullas, davlat ish kuchini tayyorlashda ham qatnashadi. Davlat boylar 
pulini progressiv soliqlar vositasida qaychilab, uni nochor kishilar o'rtasida taqsimlaydi. Bu bilan 
boylar va kambag'allar o'rtasidagi muvozanat ta'minlanadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida 
davlatning sotsial- ijtimoiy siyosati jamiyatni o'ta boyib va o'ta kambag'al toifalarga ajralishiga yo'l 
bermaydi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish tizimida 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin