YaMM bir yil ichida milliy xo'jalikda yaratilgan,
taqsimlangan va foydalaniladigan pirovard yakuniy mahsulotlar qiymatidir.
YaMM mamlakatda
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar yig'indisining
pul shaklidagi ifodasidir
(mamlakatda
yoki uning tashqarisidagidan qat'iy nazar). Milliy xo'jalikda yaratiladigan juda katta har xil mahsulot
va xizmatlar iste'mol tovarlariga va investitsiya tovarlariga yoki ishlab chiqarish vositalari
mahsulotlariga bo'linadi. Bu ko'rsatkich, ya'ni YaMM ko'rsatkichi 1987 yildan BMT metodologiyasi
bo'yicha hisoblana boshlandi.
17
Shu mamlakat yuridik va jismoniy
Xorijiy investorlar va ishchilarni
YaMM=YaIjM+
shaxslarningxorijdan oladigan — shu malakatdan olgan foyda va
foyda va daromadlari
daromadlari
Ma'lumki xar xil davlatlarda tashqi savdo saldosi (qoldig'i) bir xil emas va u YaMM tarkibiga
qo'shiladi. Bu o'z navbatida YaMM hajmini o'zgartirib yuboradi. Natijada YaMM ko'rsatkichi
taqqoslab bo'lmaydigan holga kelib qoladi. Shuning uchun mamlakat iqtisodini rivojlanish darajasini
aniq ifodalaydigan ko'rsatkich bo'lib
yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi
(YalchM) hisoblanadi.
YalM- bu mamlakatning iqtisodiy faoliyatini umumlashtirib ifodalovchi ko'rsatkichdir. U
mazkur
mamlakat xududida pirovard iste'mol uchun ishlab chiqarilgan mahs ulot va xizmatlar
qiymatiga tengdir.
YalM jami ijtimoiy mahsulot- YalM (C+V+m) dan tubdan farq qiladi. Bu farqlar
quyidagilardan iborat:
YalchM- bu iste'molga tayyor hayotiy ne'matlami bildiradi. Shu sababli uning tarkibiga qayta
ishlash yoki qaytadan sotishga mo'ljallangan mahsulotlar kirmaydi. Masalan: xom ashyo, material,
yonilg'i, energiya, urug'lik, ozuqa, transport xizmati, ulgurji savdo, tijorat, moliyaviy xizmatlar va
boshqalar YalM qiymatiga qo'shilmaydi. Aks holda YalM ham tak roriy hisoblardan holi bo'lmas edi.
YalM- bu ichki mahsulotdir. Chunki u mazkur mamlakat hududida joylashgan barcha
rezidentlar (qaysi millat va qaysi davlat fuqarosiga mansub ekanligidan qat'iy nazar) tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatini ifodalaydi.
YalM natura va pulda hisoblanadi. Naturada ayrim mahsulotlarning hajmi, miqdori, soni
aniqlanadi. Masalan: ko'mir, paxta, don, tsement kabilarning miqdori tonnada, taxta, gaz esa
kubometrda aniqlanadi.
Mahsulotlar xilma-xil bo'lganidan ularni yagona moddiy- naturada aniqlab bo'lmaydi.
Masalan:o'qitish yoki davolash xizmatini tonna, m, m'' orqali o'lchab bo'lmaydi. Shu sababli ularning
ko'lami (hajmi, miqdori, soni) necha pullik xizmat ko'rsatilganiga qarab aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot hajmi yaratilgan mahsulotlar (M) va xizmatlar miqdorini (X) ularning
bozor narxiga (R) ko'paytmasidan iborat:
|