Moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko'payishning asosi
hisoblanadi. Agar fan-texnika taraqkiyoti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat, san'at, fan kabi
nomoddiy sohalar ham o'sib va takomillashib boradi.
Milliy boylik
nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi, balki uning
bir qis mi
nomoddiy ishlab chiqarish saholarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi
hisoblanadi.
Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun
shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo'ladi.
Bunday boyliklarga
ta'lim, sog'likni saqlash, fan, madaniyat, sport
sohalarida, vujudga
keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning takibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari,
noyob adabiyotlar va san'at asarlari alohida o'rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san'atning rivojlanish darajasi, jamiyat
a'zolarining to'plagan
ilmiy bilimlari va intelektual darajasi,
ishlovchilaming ixtisosligi va
malakaviy bilim darajasi, sog'liqni saqlash, ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o'z ifodasini topadi.
Milliy boylikning boshqa qismi
tabiiy boyliklar
ishlab chiqarishning moddiy shart -sharoitini
va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: