Bozor iqtisodiyoti s haroitida xalq xo'jaligining ikki sohasidagi chegara yo'qoladi, yangi
turli-tumanli mulkiy tizim vujudga keladi. Natijada,
turli mulk shakllari ko'rinishida bozor iqtisodiyotining quyidagi
s ub'ektlari shakllanadi: ■
Iqtisodiy mustaqil
mulk egasi, ya'ni iste'molchi bo'lgan ayrim kishilar yoki guruhlar. Bularga
odatda yollanib ishlovchilar, er egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqansh vositasi egalari
kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o'z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi.
■
Firma, korxona, xo'jaliklar va ularda band bo'lgan
tadbirkorlar. Ular foyda olish yo'lida
mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar.
■
Davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab chiqarish, ham iste'mol
bilan shug'ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o'zaro aloqaga kirishadilar. Ishchi kuchi, er, kapital va boshqa
vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o'z navbatida ishlab chiqarish omillaridan
foydalanib tovar ishlab chiqaradilar va xizmatlar ko'rsatadilar.
Birlashgan Millatlar tashkilotining 1993 yilda qabul qilingan MSTining 3-taxririda Milliy
iqtisodiyot ikki qismga ajratilgan:
1.
Ichki iqtisodiyot 2.
Qolgan dunyo (tashqi dunyo)
Ichki iqtisodiyot 5 sektorga ajratilgan:
1.
Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalari (nomoliyaviy korxonalar);
2.
Moliya tashkilotlari;
3.
Davlat tashkilotlari;
4.
Uy xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar;
5.
Uyxo'jaligi;
Milliy iqtisodiyotning ikkinchi qismi -
qolgan dunyo yoki
tashqi dunyo sektoridir. Unga tashqi
iqtisodiy aloqalar kiradi. Bu sektor asosan chet davlatlar va mamlakat instituttsional birliklar
(rezidentlari) o'rtasidagi muomalalami hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni, tovar resurslari, xizmat ko'rsatishda ishlab chiqarish va iste'mol
o'rtasidagi mutanosiblikni tavsiflash maqsadida MSTda institutsional birliklar tarmoqlar tasnifining
xalqaro standarti (TTXS)ga binoan quyidagi to'rt guruhga bo'linadi:
■
bo'limlar (jami 17 ta bo'lim);
■
bo'hmchalar (jami 20 ta blok);
■
tarmog'lar turkumlari (jami 169 ta faoliyat turi);
■
tamoqlar turkumlari (jami 292 ta sinf).
Bunday guruhlash tarmoqlar bo'yicha tovar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va ulardan
foydalanish jarayonidagi oqimlarni tahlil qilishda qo'l keladi.