§ 1. Sanoat milliy iqtisodiyotning yirik sohasi Ishlab chiqarish majmui - bu jamiyat talabini qondirish uchun moddiy ne'matlar va xizmatlar
ishlab chiqaradigan tarmoqlar yig'indisidir.
Ishlab chiqarish majmui o'z ichiga sanoat, qishloq xo'jaligi va qurilish tarmoqlarini oladi.
Ma'lumki bu tarmoqlarda moddiy ne'matlar moddiy buyum shaklida ishlab chiqariladi. Undan tashqar i
ishlab chiqarish majmui o'z ichiga yuk tashish transportini, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa
tarmoqlarini, savdo va tayyorlov tashkilotlarini, umumovqatlanish korxonalarini ham oladi.
Ishlab chiqarish majmuida sanoat milliy iqtisodiyotning yirik sohasi bo'lib hisoblanadi. Unda 1
mln.dan ortiq ishchi va xizmatchilar mehnat qiladi. Bu ish bilan band bo'lgan aholining 1/8 qismini
tashkil qiladi. Sanoatning 100 dan ortiq tarmoqlari bo'lib, ulardan 6 tasi bazaviy(tayanch) hisoblanadi.
Asosiy fondlarning 40% sanoat hissasiga to'g'ri keladi, yalpi ichki mahsulotning 15% dan ortiqrog'i
sanoatda yaratiladi. Respublikamiz sanoat korxonalarida 3 trillion so'mga yaqin mahsulot ishlab
chiqarilayapti. Sanoat tarmog'ida 1600ga yaqin o'rta va yirik korxonalar, ishlab chiqarish birlashmalari
faoliyat ko'rsatayapti. Nodavlat sektori korxonalari sanoat mahsulotining 70%)idan ortig'ini etkazib
beradi.
O'zbekiston Respublikasida sanoat mahsulotining tarmoq tarkibi quyidagichadir.
(2-jadval) O'zbekiston Respublikasida sanoat mahsulotining tarmoq tarkibi* Tarmoqlar 2000 y. %
2001 y. %
Mahsulotning umumiy hajmi
Shu jumladan:
100
100
Engil sanoat
19,5
20,5
Oziq-ovqat sanoati
14,1 13,4
Yoqilg'i sanoati
15,0
12,9
Rangli metallurgiya
10,1
10,7
Mashinasozlik va metal sozlik
9,2 10,5
Elektr-energetika