O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


oltinning 30 ta koni topilgan



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

oltinning 30 ta koni topilgan. 
Qazib olinadigan 
oltinning umumiy miqdori 
bo'yicha 
O'zbekiston MDH mamlakatlari orasida 
ikkinchi, 
kumush, qo'rg'oshin, rux va volfram 
bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi. O'zbekiston jahon xamjamiyatida 
oltin ishlab chiqaris h xajmi 
bo'yicha sakkizinchi, 
uni aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo'yicha esa 
beshinchi o'rinda 
turadi.
Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir, yangi iqtisodiy sharoitda 
bu tarmoqlarda chuqur tarkibiy qayta qurishlar amalga oshirilmoqda. Ular mamlakatning iqtisodiy 
mustaqilligini mustaxkamlashga yo'naltirilgan.
Ishlab chiqarilayotgan iste'mol mollarining uchdan bir qismi engil sanoat korxonalari 
tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu erda an'anaviy etakchi sohato'qimachilikdir.
Sanoat ishlab chiqarish 
dasturi sanoat korxonalarining xo'jalik faoliyatlarini yakuniy 
natijalarini o'z ichiga oladi va jamiyat talabiga muvofiq ma'lum nomenklaturada ishlab chiqarilgan 
sanoat mahsulotlarining hajmini ifodalaydi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish natura va qiymat 
ko'rsatkichlarida o'lchanadi.
Natura ko'rsatkichlari nome nklatura va assortimentda 
beriladi.
Nomenklatura 
bu sanoat mahsulotlarining turlaridir. Masalan, traktor, ekskavator, poyafzal, 
mebel va hokazo.
Assortiment- 
biron bir sanoat mahsuloti gruppasidagi ayrim xil buyumlar tarkibi, ulaming 
nisbati va sortlari. Masalan: Mineral o'g'itlar- azotli, kaliyli, fosforli o'g'itlar; yoki 
Kostyumlar 
ichida- 
erkaklar, ayollar, bolalar kostyumlari, 
Payafzal 
ichida- erkaklar poyafzali, ayollar poyafzali, bolalar 
poyafzali, ishchi poyafzal va hokazo. Assortiment, mahsulot nomenklaturasini konkretlashtiradi, 
detallashtiradi va iste'molchilaming aniq talabini qondiradi.
Natural ko'rsatkichlar sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmini aniq ifodalaydi. U konkret 
mahsulot ishlab chiqarishni ifodalagani uchun ham unga bo'lgan talab va ishlab chiqarishni bir-biri 
bilan balanslash (muvofiqlashtirish) imkonini beradi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni hajmini aniqlash uchun tovar va yalpi mahsulot 
ko'rsatkichlari dan foydalaniladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin