Aloqa ommaviy axborotlarni tarqatish, shuningdek iqtisodiyotni boshqaris hda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasida aloqa
korxonalari
aholiga hamda iqtisodiyot tarmoqlariga pochta, telegraf hamda mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqa xizmati ko'rsatadi, shuningdek respublikada radioaloqa,
radieshittirish va televidenieni texnika vositalari bilan ta'minlaydi.
Aloqa majmuasi-matbuot tarqatish, uyali (radiotelefon) aloqa, elektr aloqa, kosmik yo'ldos hlar orqali aloqa respublika hayotida katta rol o'ynaydi. Idoraviy ichki aloqa tarmoqlari (ayrim vazirliklar, tashkilotlar, hamda
shaxta, zavod, xo'jaliklarning bevosita o'ziga qarashli aloqa vositalari) ham mavjud. O'zbekistonda
aholiga pullik xizmatlar ko'rsatishning umumiy hajmida aloqa xizmati hissasi 5% ga yaqin.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida milliy
telekommunikatsiya tarmog'ini rivojlantinsh va uni mustaqil ravishda boshqarish muhim vazifaga
aylandi.
1992 yil 13 yanvarda O'zbekiston Respublikasining «Aloqa to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi.
1977 yil 23 iyunda Aloqa vazirligi Pochta va telekomunikatsiyalar Agentligiga aylantirildi. 2002 yil 30
maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlash-tirishni yanada rivojlantinsh va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida"gi Farmoniga asosan
O'zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etildi. Ushbu Farmonga binoan axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va
jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va
telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish,
fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to'liqroq qondirish, jahon axborot
hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo'lishni kengaytirish uchun qulay
shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantinsh hamda
ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi