Pochta aloqasi. O'zbekistonda dastlabki
pochta aloqasi 1865 yil Toshkent yaqinidagi
Niyozbek qal'asi bilan Chimkent shahri o'rtasida yo'lga qo'yilgan. O'sha yili avgust oyida Toshkentda
birinchi pochta stantsiyasi ochildi, pochta yo'li Niyozbekdan Toshkentgacha etkazildi. 1868 yil
Toshkent bilan Samarqand o'rtasida pochta aloqasi ishga tushdi. 1868 yil fevralda Toshkentda Rossiya
pochta va telegraf vazirligiga bo'ysungan
Sirdaryo va Samarqand viloyatlari pochta idoralari boshqarmasi tashkil etildi. Dastlab pochta ot-
ulovda, temir yo'l qurilgandan keyin temir yo'l orqali tas hiladigan bo'ldi. 1885 yil 1 yanvardan
Toshkent pochta idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshladi. 1913 yil O'zbekistonda
joylashgan 17 pochta-telegraf bo'limi, 18 pochta-telegraf idorasi ishladi. Telegraf aloqasi, asosan tijorat
maqsadlariga xizmat qildi. 10 telefon stantsiyasidan 9-tasi xususiy kishilar qo'lida edi.
20-asrning 20-yillaridan boshlab O'zbekistonda pochta xizmati tubdan qayta tashkil etildi, qishloqlarda pochta bo'limlari ochildi. Pochta aloqasi respublika aholisiga xat, gazeta va jurnallar, jo'natma, pul o'tkazmalari, pensiya
to'lovlarini etkazib berdi. 60-yillar boshida barcha viloyat markazlari va 118 tumanga vaqtli matbuot
bosilgan kuni etkazib beriladigan bo'ldi. Pochta va matbuotni tashishda aviatsiya, temir yo'l, avtomob il
transportidan keng foydalanildi.
1974 yil Toshkentda temir yo'l qoshida pochtamptning ochilishi, 1983 yil Toshkent
pochtamptining yangi binosi qurilib foydanishga topshirilishi bilan xat, jo'natma, pul o'tkazmalar,
matbuot nashrlarini jo'natish va etkazib berish yanada yaxshilandi. Pochta aloqasi aloqaning eng keng
tarqalgan va ommaviy turiga aylandi. Pochta aloqasi tarmoqlarida mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalaniladi.
Hozir O'zbekistonning barcha aholi punktlarida pochta korxonalari tarmog'i bilan qamrab
olingan. Pochta korxonalari