maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga
chiqariladi.
Birinchi bosqich
(1997-2001 yillar) - mavjud kadrlar tayyorlash tizimini ijobiy salohiyatini
saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan,
ilmiy- uslubiy, moliyaviy- moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ikkinchi bos qich
(2001-2005 yillar)- Milliy dastumi to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar
kiritish.
Bu bosqichning asosiy vazifalari quyidagilardir:
1.
Majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb- hunar ta'limiga, shuningdek, o'quvchilaming
qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta'limga o'tish to'liq amalga oshiriladi.
2.
Ta'lim muassasalarining maxsus tayyorlangan malakali pedagogik kadrlar bilan to'ldirish
ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
85
3. Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom
ettiriladi, o'quv tarbiya jarayoni yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar
bilan ta'minlanadi. Uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.
4. Ta'lim xizmati ko'rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to'liq ishga solinadi.
Uchinchi bosqich
(2005 va undan keyingi yillar) - to'plangan tajribani tahlil etish va
umumlashtirish asosida, mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish istiqbollanga muvofiq kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda:
1.
Ta'lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o'quv
tarbiya jarayoni yangi o'quv- uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlash;
2.
Milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi.
Kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o'zini-o'zi boshqarishi shakllari
mustahkamlash;
3.
Ta'lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot tarmog'iga bilan
to'liq qamrab olish kabi vazifalar hal qilinadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ijtimoiy rivojlanishning barcha sohalarida ta'limning
ustivorligini bildiradigan davlat siyosatining mohiyatini ifodalaydi. Respublikamizda yaratilgan yalpi
ichki mahsulotning 11% i, davlat sarf-xarajati byudjet bo'yicha umumiy sarf-xarajatdan 35%)dan
yuqoriroq miqdomi ta'lim uchun sarflanayotganligi buni yaqqol isbotidir Ta'lim uchun sarf-
xarajatlarning bu miqdori bo'yicha O'zbekiston jahonning etuk mamlakatlariga yaqinlashib
borayotganligini isbotlaydi.
Taxminlarga ko'ra 2005 yilning oxiriga borib, Respublikamizda jahon standartlariga javob
beradigan akademiy litseylarni soni 181 va kasb-hunar kollejlarini soni 1611 hamda ulardagi
o'quvchilarning soni 1,5 mln. kishiga etadi.
Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlar i quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1.
Ta'limning uzluksizligini ta'minlash;
2.
Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish;
3.
Ta'lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
4.
Ma'naviy va axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlarni takomillashtirib borish;
5.
Iqtidorli va iste'dodli yoshlami aniqlab borish va o'qitish;
6.
Ta'lim tizimini boshqarish;
7.
Kasb-hunar ta'limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
8.
Ta'lim tizimini moliyalash;
9.
Moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash;
10.
Ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;
11.
Ta'lim xizmati ko'rsatish bozorini rivojlantirish;
12.
Ta'lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo'llab
quvvatlash;
13.
Fan va ta'lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;
14.
Ishlab chiqarish va ta'lim tizim integratsiyalashuvini rivojlantirish;
15.
Ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
86
|