davomida statsionar holda davolanar edi. Bu ko'rsatkich rivojlangan davlatlarda 3-4 %ni
tashkil qiladi
xolos.
Dasturga binoan asosiy tibbiy xizmat bu polikhnikalarda va kunduzgi statsionarlarda bo'lishi
lozim.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2003 yil 2 dekabr kuni "Aholiga shoshilinch
tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Qaror qabul qildi. Unda
respublikada sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshiralayotganligi
qayd qilinib aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko'rsatishni tashkil etishni
yanada takomillashtirish va
uning sifatini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish nazarda
tutilgan. Bu qarorga muvofiq respublika shoshilinch tibbiy yordam
markazi huzurida byudjetdan
tashqari shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qo'llab quvvatlash va rivojlantirish jamg'armasi tashkil
etiladi. 2004-2005 o'quv yilidan bishlab "Shoshilinch tibbiy yordam" ixtisosligi bo'yicha Magistratura
ochiladi.
90