O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Qimmatli  qog'ozlar bozori - Aktsione rlashning zarur shartidir



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Qimmatli 
qog'ozlar bozori - Aktsione rlashning zarur shartidir.
Respublikada xususiylashtirish jarayoni va AJ tuzish qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish 
hamda jarayonga xizmat ko'rsatadigan infrastruktura bo'limlarini tuzish yo'li bilan olib borildi. 
Qimmatli qog'ozlar bozori bu qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan faoliyat bozoridir.
Qimmatli qog'ozlar - birlamchi va ikkilamchi bozorga bo'linadi.
Birlamchi bozor 
yangi chiqarilgan aktsiyalarni sotishni bildiradi. Aktsiyalar birinchi marta o'zi 
sotib olayotgan kishilar qo'liga o'tadi.
Ikkilamchi bozor 
bu aktsiyalarni keyingi sotilishidir. Unda emitentga yangi moliya resurslari 
kelib tushmaydi, balki u faqat investorlar o'rtasida qayta taqsimlanadi.
Yaxshi yo'lga qo'yilmagan ikkilamchi bozorsiz birlamchi bozorni samarasi to'g'risida gapirish 
mumkin emas. Aktsiyalarni qayta sotish yangi bozor narxlarida olib boriladi. 
Qimmatli qog'ozlar bozori o'z ichiga Invest fondi va Milliy depozitariy birjasini oladi.
Depozit - bu banklar va omonat kassalariga qo'yilgan omonatlar. Davlat muassalariga 
topshiriladigan va uni topshirgan shaxsga muayyan sharoitda qaytarib beriladigan mablag'lardir.
Qimmatli qog'ozlar birjasini 
yuragini fondlar birjasi tashkil qiladi.
"Toshkenf nomidagi respublika fond birjasi "Toshkenf nomidagi tovar-fond birjasi asosida 
tashkil topgan.
Fond birjasi - bu qimmatli qog'ozlar bilan oldi sotdi operatsiyalarini amalga oshiradigan 
muassasadir.
Qimmatli qog'ozlami keng tarqalgan turlari bo'lib aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar, 
sertifikatlar va boshqalar hisoblanadi. 
Respublika fond birjasining eng asosiy vazifalari bo'lib:
1. Alohida tarmoq, umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uchun aholini va yuridik shaxslarni 
bo'sh pul mablag'larini jalb qilish. Buning uchun kishilarda, ayniqsa joylarda bo'sh pul 
mablag'larini aktsiyalar sotib olish uchun qiziqish uyg'otish;
2. Qimmatli qog'ozlarni ikkilamchi bozorini rivojlantirish hisoblanadi.
Yuqorida ko'rsatilgan vazifalami hal qilishda PIFlarni tuzish va rivojlantirish dasturini qabul 
qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. U 1996 yilda xukumat qarori asosida tuzilgan. (PIF -
privatizatsionniy investitsionniy fond). Hozirgi vaqtga kelib respublikada 85000 aktsionerlami 
birlashtirgan 85dan oshiq PIFlar tuzilgan. Mazkur dastur aktsiyalariga aholini 300 mln so'mga yaqin 
mablag'lari jalb qilingan.
107



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin