chuqurlashtirishning asosiy maqsadlari quydagilar: —
xususiylashtirish miqyoslarini kengaytirish hamda ana shu jarayonga amalda iqtisodiyotning
barcha tarmoklari va sohalaridagi o'rta va yirik korxonalami kiritish;
—
yakkahokim ishlab chiqarish- xo'jalik tuzilmalarini ixchamlashtirish va ular uchun raqobatli
bozor muhitini yaratish;
—
respublika aholisining keng qatlamlari, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkni
davlat tasarrufidan chiqarishda qatnashuvini ta'minlaydigan xususiylashtirish mexanizmini
takomillashtirish;
—davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar xususiylashtirilgandan keyingi davrda ularga har
tomonlama yordam ko'rsatish;
— qimmatli qog'ozlar va ko'chmas mulkning bozorini vujudga keltirish hisoblanadi.
Xus usiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardir: Birinchidan, bundan buy on ham davlat korxonalarini mulkchilikning
boshqa shakllariga o'tkazish maxsus ishlab chiqilgan tarmoq va mintaqaviy xususiylashtirish dasturi
asosida amalga oshirilishikerak.
Xususiylashtirish respublikada ishlab chiqilgan dasturlarga asosan sanoat, qurilish, transport va
aloqada, agrosanoat kompleksida, shuningdek ijtimoiy sohada va faoliyatning boshqa sohalarida
amalga oshirildi.
Ikkinchi bosqichda sanoatning asosiy tarmoqlari: yoqilg'i-energetika, kon sanoati,
mashinasozlik va paxtani qayta ishlash komplekslarida davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayoni keng tus oldi. Chunonchi, "O'zbekneftgaz" ko фoratsiyasi tizimida
Energetika vazirligida, "O'zmashsanoat" uyushmasida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham
xususiylashtirish keng ko'lamda amalga oshirildi va oshirilayapti.
Transport korxonalarini, shu jumladan avtobus va taksomotor parklarini ha m, transport
vositalarini xususiy mulk kilib sotish orqali davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni
olib borilayapti.
Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlaridagi sayohatchilarga xizmat qiluvchi
komplekslami tender asosida sotish, aktsiyadorlik jamiyatlari qilib qayta tashkil etish, xorijiy sheriklar
ishtirokida korxonalar tashkil qilish yo'li bilan ular ham xususiylashtiriladi.
Ikkinchidan, xususiylashtirish bo'yicha barcha ishlarning markazi tarmoq, umumrespublika
darajasidan hududiy darajaga ko'chirilayapti. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
dasturlarining amalga oshirilishi uchun hududiy idoralarning maqomini oshirish, ularning huquqlarini
kengaytirish va javobgarligini kuchaytirish zarur.