O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Strategik rejalashtirishning mazmuni bu milliy iqtisodiyotni, uning barcha tarmoqlari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Strategik rejalashtirishning mazmuni bu milliy iqtisodiyotni, uning barcha tarmoqlari 
faoliyatini rivojlanishini re ja asosida tartibga solishdir.
Rejalashtirish bu 
boshqaruv elementidir. 
Rejalashtirish boshqaruv tizimida markaziy o'rinni 
egallaydi. Boshqaruvning muhim xususiyatlaridan biri esa - uning 
re jali xarakterga 
ega ekanligidir.
Rejalashtirishning mohiyati 
shundaki, kishilar o'z harakatlarini ongli ravishda belgilaydilar. Bu 
harakatlarni resurslar bilan solishtirib chiqadilar, tashqi muhitga bevosita va bilvosita bog'liq holda 
olib boradilar. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasini rivoji shuni ko'rsatayaptiki, rejalashtirish har bir mehnat 
aktiga taalluqli bo'lib jamiyatni rivojlanishiga, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasiga qarab rivojlana 
boradi. U bir ishlab chiqarish birligidan ajralib chiqib tadbirkorlar uyushmasi, milliy korporatsiyalar
davlatni o'ziga ham tarqalib ketadi. Shunday qilib boshqaruv, demak rejalashtirish moddiy ne'matlar va 
xizmatlar ishlab chiqaradigan tijorat tarmoqlariga ham, jamiyat va uning ayrim olingan tarmoqlariga 
ham taalluqlidir.
Rejalashtirish turlicha shaklda bo'ladi:

Tarmoqlar, ijtimoiy, ilmiy- texnikaviy, ekologiya, moliya va boshqa aspektlar; 

Umumdavlat, regionlar, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, ularni birlashmalari bo'yicha va hokazo; 

Uzoq muddatli, o'rta muddatli va joriy rejalar.
Hal qilinayotgan muammolar darajasiga qarab - ular 
strategik 
va 
taktik 
rejalarga bo'linadi. 
Strategik rejalashtirish bu kishilarni alohida bajaradigan amaliy faoliyatidir. Bu faoliyat pro gnozlar, 
dastur va rejalar loyixasini tuzish bilan bog'liq bo'lgan ishlardir.
Mamlakat rivojlanishini va davlat iqtisodiy siyosatini asosiy mezoni bo'lib rejalashtirish, ayniqsa 
tarmoqni rivojlanishini prognozlash hisoblanadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin