moliyaviy sanatsiya (sog'lomlashtirish) hisoblanadi. Sanatsiyada davlat korxonalaming moliyaviy axvolini yaxshilashga
qaratilgan moliya va kredit tadbirlarini ishga soladi. Sanatsiya iqtisodiyot uchun ahamiyati katta
korxonalarni tang xolatdan chiqirib ularni normal ishlab turishini ta'minlash hamda korxonlami
ommaviy bankrot bo'lishiga yo'l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me'yorda saqlab
turish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sanatsiyalash yo'llari ko'p: korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o'zgalar hisobidan to'lash,
qarzni to'lash muddatini kechiktirish, qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman
olmaslik, korxonaga soliqdan engillik berish, soliqni kreditga aylantirish, korxonaga buyurtma berib
uni haqini oldindan to'lash, subsidiya ajratish, korxonaga ekport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi: Birinchisi - korxonaning milliy
yoki hududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo'lishi kerak,
ikkinchisi - korxonaning tang axvolga
tushib qolishiga uning o'ziga bog'liq bo'lmagan boshqa ob'ektiv sabablar bo'lishi lozim. Davlatning
korxonaga yordami bozor talabiga zid kelmagan taqdirdagina unga qo'l uriladi. Yomon ishlagan, bozor
talabiga moslasha olmasdan moliyaviy inqirozga yuz tutgan korxonaga davlat yordam bermaydi, chunki
bu bozor qoidalariga zid keladi.
Subsidiya ham davlat o'z siyosatida qo'llaydigan asosiy moliya vositalari sirasiga kiradi.
Subsidiya davlat tomonidan aniq maqsad yo'lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag'idir. Subsidiyalar
iqtisodiyotni
devirsifikatsiyalash
(tarkiban
o'zgartirish),
eksport- importni
muvozanatlashtirib turish, novatsiya, (yangilikni o'zlashtirish) ishlarini yo'lga qo'yish, ayrim
hududlarga yordam berish,. Konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab
chiqarishga o'tish) maqsadlarida ajratiladi. Aytilgan ishlar serxarajat bo'lganidan subsidiya xarajatlami
butunlay yoki qisman qoplash uchun beriladi. Masalan, devirsifikatsiya katta joriy sarflami talab
qiladi, shu bois ularni qoplash davlat subsidiyasi ham ishtirok etadi. Subsidiyalar eksportni qisqartirish
yoki to'xtatib turish uchun ham ishlatiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga
qo'shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur bo'lganda, davlat o'z tovarlarini zaxiraga o'tkazib turgan
firmalarga subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Subsidiyalar milliy sanoatni
o'stirish uchun ham beriladi. Tashqaridan xom ashyo kiritib, tashqariga tayyor maxsulot chiqaruvchi
korxonalar ham subsidiyadan bahramand bo'ladilar.
Davlat texnika yangiliklarini joriy etish, resurslarni tejash, atrof- muxitni muhofaza qilish,
resurslami iqtisodiyoti sust rivojlangan hududlarga joylashtirish, eksport potentsialini oshirish
dasturlarini ishlab chiqadi. Bu dasturlarda davlat tavsiyalariga binoan ish tutgan korxonalar davlatdan
subsidiya oladilar.
Davlat