sharoitlar taqozo etadi: iqtisodiyotda shunday sohalar mavjudki, ularning faoliyati umummilliy hamda
jamiyat manfaatlari uchun zamr, ammo serxarajat bo'lib, kam foyda beradi.
Davlat mulki zaminida davlat tadbirkorligi paydo bo'ladi va u iqtisodiyotning davlat sektori
deb ataladi.
Davlat sektorining iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiyati
hamma mamlakatlarda bir xil
emas. Bozor iqtisodiyotiga o'tishda O'zbekistonga xos belgi - bu iqtisodiyotni davlat tasarrufidan
chiqarishdir. Shu sababdan O'zbekistonda iqtisodiyotdagi davlat sektorining salmog'i qisqarib
bormoqda.
Davlat tadbirkorligining o'ziga
yarasha ziddiyatlari bor, bu tadbirkorlik, bir tomondan, iqtisodiyot
uchun zarur, ikkinchi tomondan, u g'oyat serxarajat.
Davlat bozorga iste'molchi - xaridor sifatida ham chiqadi. Davlat byurtmachilariga binoan
ishlash
firmalar uchun qulay bozor yaratadi, chunki tovarlar va xizmatlar oldindan be lgilangan miqdorda va
kelishilgan narxda albatta sotiladi. Davlat xususiy sektorda jamg'arilib,
bozorga chiqmay qolishi
mumkin bo'lgan pulni soliq undirish orqali o'z qo'liga olib, uni o'z byurtmasini xarid etishga jalb etadi,
ya'ni bozorni kengaytiradi. Demak, davlat o'z xaridi bilan iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo'shadi.
Bozor tizimida davlatning iqtisodiyotni tartiblashdan iborat faoliyati ma'muriy taziyq
orqali emas, balki iqtisodiy vositalar bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy (sotsial) siyosat
Davlatning ijtimoiy siyosati iqtisodiyotni tartiblashga bevosita ta'sir etmaydi,
balki jamiyatda
sotsial totuvlik va hamjihatlikni ta'minlab,
iqtisodiy o'sish uchun qulay ijtimoiy sharoit yaratadi.
Firma sohiblari bilan mehnat ahli o'rasidagi nizo iqtisodiyotni izdan chiqaradi,
aksincha, ularning
ijtimoiy hamjihatlikda ishlashi- iqtisodiy o'sish sharti hisoblanadi. Davlat mehnat munosobatlariga
aralashganida ish beruvchilar bilan yollanib ishlovchilar o'rtasida ziddiyat
chiqmasligi choralarini
ko'radi, mabodo chiqqan taqdirda ham qonunlar asosida tinch yo'l bilan hal etilishiga erishiladi. Davlat
ish kuni va ish haftasining davomiyligi qonun yo'li bilan belgilab qo'yadi, minimal(eng kam) ish haqi
miqdorini o'rnatadi, undan kam ish haqi to'lashga hech kim jazm eta olma ydi. Davlat ishsizlarni yangi
kasblarga o'rgatish uchun mablag' ajratadi, ish kunini qisqartirish hisobidan qo'shimcha ravishda ishchi
va
xizmatchilarni ishga olgan, yangi ish o'rinlari yaratgan firmalarga soliqdan engillik beradi. Davlat
o'z hisobidan mehnat birjalari orqali ishsizlarga ishsizlik nafaqasi to'laydi, ularning xorijga chiqib
ishlashiga sharoit yatatadi. Xullas, davlat ish kuchini tayyorlashda ham qatnashadi.
Davlat boylar
pulini progressiv soliqlar vositasida qaychilab, uni nochor kishilar o'rtasida taqsimlaydi. Bu bilan
boylar va kambag'allar o'rtasidagi muvozanat ta'minlanadi. Rivojlangan bozor
iqtisodiyoti sharoitida
davlatning sotsial- ijtimoiy siyosati jamiyatni o'ta boyib va o'ta kambag'al toifalarga ajralishiga yo'l
bermaydi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish tizimida
Dostları ilə paylaş: