Uchinchidan, eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo'llash bilan bir qatorda
importning salmog'ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o'tkazish, o'zimiz ishlab
chiqarishimiz mumkin bo'lgan tovarlar va mahsulotlarning chetdan keltiril ishini oqilona darajada
kamaytirish talab qilinadi. Importning salmog'ini qisqartirishga qaratilgan dastur doirasida e'tiborni
oziq-ovqat mahsulotlari va resurslarning chetdan olib kelish o'rniga serhosil ekin navlari urug'larini va
ularni etishtirish bo'yicha sanoat texnologiyasini, o'simliklarni himoya qilish vositalarini, dehqonchilik
mahsulotlarini sanoat usulida chuqur qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy uskunalarni,
shuningdek fermer (dehqon) xo'jaliklari uchun texnikani chetdan olib kelishga qaratish zarur.
To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo'jalik ishlarini yurituvchi
sub'ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o'z mahsulotini chet ellarda sotishda
ko'proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish
borasida aniq maqsadni ko'zlab siyosat o'tkazish.
Beshinchidan, xorijiy sarmoyalami, asosan bevosita kapital mablag'lar tarzida sarmoyalarni
respublika iqtisodiyotiga keng ko'lamda jalb etish uchun zaruriy huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy hamda
boshqa sharoitlarni vujudga keltirish, qo'shma korxonalarni tashkil qilishda ko'maklashish, shuningdek
sarmoyalarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash.
Oltinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlarini majmuini- ixtisoslashtirilgan tashqi
savdo, lizing, konsalting va sug'urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga
mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujudga keltirish.
Ettinchidan, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik
hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.
Bundan tashqari, respublika fuqarolar va yuridik shaxslaming aqliy mulkini himoya qilish
uchun o'zimizning