O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


patent-litsenziya ishlari tizimini yo'lga qo'yish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

patent-litsenziya ishlari tizimini yo'lga qo'yish, 
zarur. Mahsulotni standartlash va 
sertifikatlash xalqaro tizimiga izchillik bilan o'tish zarurdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning mana shu va boshqa yo'nalishlarini amalga oshirish 
O'zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib o'rin egallash imkoniyatini 
beradi.
Shunday qilib, mustaqillik tufayli O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va 
"ochiq iqtisodiyof'ga 
o'tish uchun barcha shart sharoitlar yaratildi.
Ochiq iqtisodiyot 
- bu shunday iqtisodiyotki, unda mamlakatning barcha fuqarolari xalqaro 
tovar va kapital bozorida oldi-berdilami cheklanmagan holda amalga oshirishlari mumkin.
Xalqaro savdoda ishtirok etmaydigan iqtisodiyot 
yopiq iqtisodiyot 
deb ataladi. Jahon tarixida 
shunday voqealar ham bo'lib turadi. Masalan, biror bir mamlakat u yoki bu sabablar bilan o'z hududlari 
chegarasida o'ralashib qolgan bo'ladi va xorijiy davlatlar bilan juda kam ayriboshlash qiladi. Masalan, 
Sobiq SSSRda urushgacha bo'lgan davrda shunday bo'lga n. Ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda mutlaq 
yopiq iqtisodiyot mavjud emas.
128


Ochiq iqtisodiyot qurishning 
asosi 
bo'lib xalqaro mehnat taqsimoti, mamlakatning jahon 
xo'jalik aloqalarida keng qatnashishi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, faqatgina mamlakatlararo iqtisodiy aloqalar, 
kapital va tovar ayriboshlash bozor iqtisodiyotiga o'tishni va uning sur'atlarini ta'minlaydi.
Amaliyot 
ochiq iqtisodiyotning baholas h mezonini 
ham aniqlab bergan.
1. 
Tashqi savdo oborotini rivojlanish darajasi mamlakatda iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi. 
Bunga eksport va import aloqalarini kengaytirish yo'li bilan erishish mumkin.
2. Xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish mamlakat ishlab chiqarish tarkibini tashkil qiladi va
takomillashtiradi. Bu o'z navbatida mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan samarali va arzon 
tovarlar ishlab chiqarishga e'tibomi qaratishga undaydi.
Pirovard natijada iqtisodiyotning ochiqligi bu mamlakatni jahon iqtisodiyoti bilan erkin raqobatga 
kira olishini bildiradi

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin