bo'lib qolmay, u tashqi iqtisodiy aloqalami har tomonlama rivojlantirishga, yaxshi qo'shnichilikka, turli
xalqlaming madaniyati, urf-odatlari, an'analari bilan keng ko'lamda tanishishga imkoniyat yaratadi.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro va mintaqaviy sayohatni rivojlantirishga qulay
geografik
joylashuvi, tabiiy iqlim sharoitining turli- tuman va g'oyat qulayligi, tsivilizatsiya tarixida munosib
o'ringa egaligi, bebaho tarixiy arxitektura ekzotikasi bilan ajralib turishi, yuqori
sifatli shirin-shakar
meva va poliz mahsulotlariga mo'lligi va albatta, o'z an'analarini, urf-odatlarini saqlab qolgan
mehmondo'st va xushmuomala xalqi borligi tufayli katta imkoniyatlarga ega. Bulaming hammasi chet
ellik sayyohlarni qiziqtirmoqda.
Respublikada sayyohlik to'g'risida
gap ketganda, avvalo, tarixiy va qadimiy madaniyat
markazlari bo'lgan hamda dunyoni qoyil qoldirgan yodgorliklar jamlangan Samarqand, Buxoro, Xiva,
Shaxrisabz va boshqa shaharlarni ko'rsatib o'tish o'rinlidir. Er yuzining ko'plab aholisi bu shaharlarda
bo'lishni orzu qiladi. Mumtoz arxitektura-qurilish san'ati durdonalari kishini qoyil qoldiradi va o'ziga
maftun etadi. Serquyosh O'zbekistonning qadimiy shaharlarini haqli ravishda Sharqning durdonalari
deyish mumkin. Ajoyib arxitektura ko'rinishiga ega yodgorliklarning o'zida uzoq asrlar qa'rida
qolib
ketgan tarix bamisoli jonlanib turgandek. Shoirlar, olimlar, tarixchilar va sayyohlar o'lmas asarlar
yaratib ulug' iste'dod sohiblarini asrlar davomida mujassamlashtirib kelgan xalq xunarmandlari,
mohir
shahar qurivchilari- yu, yodgorliklarning betakror go'zalliklari hususida yozishgan.
Sharqda Samarqand er yuzining sayqali, Buxoro esa islom dinining o'chog'i hisoblangan.
Samarqandagi Shohizinda ansambli, Go'r Amir maqbarasi,
Bibixonim masjidi, Registon ansambli,
Ulug'bek rasadxonasi, Sherdor madrasasi,
Buxorodagi Kalon minorasi, Chorminor, Ismoil Samoniy
maqbarasi, Devonbegi va Mir Arab madrasasi, Xivadagi Ichanqal'a, Dushanqal'a
xar bir sayyohni
o'ziga mahliyo qiladigan go'zalligi bilan ajralib turadi. Samarqandning go'zalligiga mahliyo bo'lgan
Aleksandr Makedonskiy shunday yozadi: «Samarqand go'zalligi to'g'risida nima eshitgan bo'lsam,
hammasi haqiqat, istisnosi shundaki, u men tasavvur qilganimdan ham ajoyibdir».
O'zbekistonda sayyohlik industriyasini rivojlantirish maqsadida «Respublikada xalqaro
sayyohlikni rivojlantiri
Dostları ilə paylaş: