O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-bob. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

1-bob. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi
§ 1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi, mazmuni, kursning predmeti.
§ 2. O'zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o'tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi. 
§ 3. Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi va uning vazifalari.
§ 1. 
Milliy iqtisodiyot tushunchasi, mazmuni, kursning predmeti
Iqtisodiyot keng ma'noda - bu bir tomondan, o'ziga xos qonunlar asosida rivojlanadigan ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan xo'jalik bo'lib, ikkinchi tomondan 
iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va 
cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida iqtisodiy qonunlarni o'rganish bilan 
shug'ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir.
Milliy iqtisodiyot fani esa - iqtisodiyotni shakllanish va rivojlanish muammolarini yangi 
sharoitda, mustaqillik sharoitida o'rganiladigan iqtisodiy fanlar tizimidagi yosh fandir.
Milliy iqtisodiyot iqtisodiyotni ham milliy (nomos), ham iqtisodiy (oikos) qismlarini 
biriashtiradi.
«Milliy» so'zi lotincha so'zdan olingan bo'lib «natio»- xalq so'zini anglatadi. «Iqtisodiyot» esa 
grekcha so'zdan olingan bo'lib, «oikonomike»- uy xo'jaligini boshqarish san'ati ma'nosini anglatadi.
Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi bor: 
•Ishlab chiqarish munosabatlarini yig'indisi;
•Rayon xo'jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo'jaligi yoki dunyo xo'jaligi; •Iqtisodiy munosabatlarni 
tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini (tomonlarini) o'rganadigan fan tarmog'i.
Milliy iqtisodiyot- 
bu tarmoqlar xususiyatini biriashtirgan, mujassamlashtirgan kompleksdir. Milliy 
iqtisodiyot- bu mamlakat xo'jaligini, uning tarkibini, uning ayrim elementlarini o'zaro bog'liqligidir.
Iqtisodiyot, Milliy,- deb atalsa ham, u ma'lum bir millat manfaatini ifodalamaydi, balki 
umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining poydevoridir. Shu boisdan 
«avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik jon bo'lgani uchun birinchi navbatda uning modd iy 
talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar hamisha 
iqtisodiyot bilan mashg'ul bo'ladilar, chunki shu yo'l bilan o'z risq-nasibasini yaratadilar. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin