O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


bozor iqtisodiyotini shakllanish jarayonini



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

bozor iqtisodiyotini shakllanish jarayonini 
o'rganadi; 
3.
Mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish printsiplarini o'rganad i. 
4.
Mamlakat iqtisodiyotining isloh qilishni milliy o'zbek modelini mohiyatini o'rganadi.
5.
Iqtisodiyotning boshqarish shakllarini qayta qurish, yangi boshqaruv tashkilotlari tizimini yaratish 
hamda mustaqillik sharoitida davlat boshqaruvini tashkil qilishni va bozor iqtisodiyotiga asta-
sekin, bosqichma-bosqich o'tib borish jarayonlarini o'rganadi.
Milliy iqtisodiyot boshqa 
iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog'liqdir. 
Milliy iqtisodiyot 
iqtisodiy fanlaming tarkibiy qismi sifatida umumiy qonunlar asosida rivojlanadi. U avvalo iqtisodiyot 
nazariyasi bilan bog'liq. Ma'lumki iqtisodiyot nazariyasi fani insonning, jamiyatning iqtisodiy faoliyati 
ya'ni moddiy va ma'naviy ne'matlami ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish jarayonlarini, shu bilan 
birga iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar hamda ularni amal qilish mexanizmini o'rganadi. U kishilik 
jamiyati paydo bo'lgandan buyon rivojlanib takomillashib kelayapti.
Milliy iqtisodiyot kursi iqtisodiy rivojlanishni va takomillashishining bir, maxsus davriga ya'ni 
markazdan turib boshqariladigan iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o'tish davriga to'g'ri keladi. Bu eski 
iqtisodiy tizimni tubdan isloh qilish va yangi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish 
davrini ifodalaydi. Milliy iqtisodiyot predmeti bo'lib ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlari takror ishlab 
chiqarish hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot kursi makroiqtisodiyot, moliya va kredit, va boshqa iqtisodiy fanlarni nazariy 
tomonlarini ma'lum davlatning -masalan, O'zbekiston Respublikasining xususiyati va sharoitiga
bog'laydi. Bo'lajak iqtisodiyot mutaxasislarini o'z mamlakatining iqtisodini chuqur va har tamonlama 
o'rganishga qaratadi. Milliy iqtisodiyot fanini o'rganish sotsiologiya, tarix, iqtisodiy geografiya
statistika, informatsion texnologiya va boshqa fanlarni chuqur bilishni taqozo qiladi. Chunki, 
iqtisodchi- mutaxassis iqtisodiy faoliyatni barcha jarayonlarini to'liq va har tomonlama o'rganish uchun 
iqtisodiy, huquqiy, texnika va boshqa fanlarni ham bilishi lozim bo'ladi.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin