O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


  yildan Respublikadagi barcha shaharlar, telefon tarmoqlarini avtomatlashtirilgan tizimga



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

1994 
yildan Respublikadagi barcha shaharlar, telefon tarmoqlarini avtomatlashtirilgan tizimga 
o'tkazish ishlari davom ettirildi.
Elektr aloqa korxonalari «Mahalliytelekom» kompaniyasiga uyushgan. 
O'zbekiston aloqa 
tarmog'i jahon andozalari darajasiga ko'tarilmoqda. O'zbekistonning Turkiya, AQSh, Yaponiya, 
Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Xitoydagi etakchi firmalar 
bilan elektr aloqa tarmoqlarini rivojlantirishdagi hamkorligi yaxshi samara berayapti. Xorijiy firmalar 
bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 dan ortiq korxonalar ishlamoqda. 1992 yil O'zbekiston va 
AQShning «Interneyshnl Kommunikayshn gruppi»(«Ay Si Ji») firmasi bilan tashkil etilgan 
«Uzdunrobita» qo'shma korxonasi Toshkent, shuningdek Samarqand, Urganch, Qarshi, Andijon, 
Buxoro shaharlarida xalqaro va shahar, shaharlararo telefon stantsiyalari bilan bog'lanish imkoniyatiga 
ega bo'lgan uyali telefon (radiotelefon) aloqasi stantsiyalarini ishga tushirdi. 
1997 yilda O'zbekiston - 
Malayziya qo'shma korxonasi «O'zMoqom», 
O'zbekiston - Indoneziya qo'shma korxonasi 
«Bustel» 
va boshqalar shaharlarida va shaharlararo uyali telefon aloqasini rivojlantirishda faoliyat ko'rsa tmoqda. 
Koreya respublikasining 
«DEU telekom», 
Germaniyaning 
«Simens», «Alkatel sel RFT», 
Yaponiyaning 
«Mitsui» 
firmasi, 
«NEbC» 
korporatsiyasi zamonaviy aloqa jihozlari etkazib beradi, 
elektron raqamli ATSlar asosida respublika shaharlarida halqaro hamda s haharlararo telefon 
stantsiyalarini takomillashtiradi va quradi.
O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritishiga qadar respublikaning jahon mamlakatlari bilan 
cheklangan darajadagi telefon aloqasi Moskva orqali amalga oshirilgan. Mustaqillikning dastlabki 
davridayoq xalqaro telefon aloqasini rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. 1992 yili Toshkentda 
Yaponiyaning «NEK» firmasi etkazib bergan asbob uskunalaridan abonentlaming jahon telefon 
tarmog'iga chiqishni hamda ikki tomonlama xalqaro teleko'rsatuvlarni ta'minlaydigan 150 kanalli 
raqamli xalqaro kosmik (fazoviy) telefon stantsiyasi qurildi va foydalanishga topshirildi. 1997 yilda 
Xitoy (Shanxay) bilan Germaniya (Frankfurt-Mayn)ni bog'laydigan shisha kabelli Transosiyo -Evropa 
aloqa magistralining O'zbekiston hududi orqali o'tadigan qismi (926 km) qurilishi tamomlandi. 
Keyinchalik Turkiyaning «Netash», «Teletash», «Simko» firmalari 30 kanalli yana bir xalqaro kosmik 
telefon stantsiyasini Toshkentda qurdi. Bu stantsiyalaming ishga tushirilish bilan xalqaro telefon 
so'zlashuvlarining 80%) ini sun'iy aloqa yo'ldoshlari orqali bevosita xorijiy mamlakatlarga uzatish va 
ulardan qabul qilishga erishildi.
Italiyaning «STET Interneyshnl» va Germaniyaning «Simens AG» kompaniyalari ishtirokida 
tuzilgan «Udiney» qo'shma korxonasi shaharlararo va xalqaro telefon aloqasini rivojlantirish, qayta 
qurish va undan foydalanish bilan shug'ullanadi. Shahardagi telefon egalari Er kurrasidagi barcha 
mamlakatlar bilan avtomatik bog'lanish imkoniyatiga ega.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin