e rkin (kelishilgan) narxlar joriy etildi, bu esa xo'jaliklarning o'zi etishtirgan
mahsulotlami o'z hohishicha foydalanishga imkon yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta va donga
nisbatan saqlanib qoldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 avgustdagi
qarori asosida qabul qilingan va tasdiqlangan
"Qishloq xo'jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish shartlari to'g'risida"gi Nizom mahsulot ishlab chiqaruvchilar
bilan iste'molchilar o'rtasidagi munosabatlarni bozor talablanga javob beradigan bosqichga ko'tarishda
dastlabki qadam bo'ldi. Qishloq xo'jaligi (jamoa xo'jaliklari, turli kooperativlar, qayta ishlash
korxonalari)da xo'jalik yuritishning yangi shakllari asosida xo'jaliklarni yopiq turdagi aktsionerlik
jamiyatlariga aylantirish boshlandi.
Qis hloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish agrar siyosatdagi muhim yo'nalishga aylandi. Respublika qishloq xo'jaligini rivojlantirishda
xalqaro tashkilotlar dasturidan foydalanish yo'lga qo'yildi. Bu tadbirlar esa xo'jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga, xo'jaliklarni iqtisodiy
jihatdan mustahkamlashga, qishloq mehnatkashlari turmush darajasini oshirishga hamda xo'jaliklarda
qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga yo'l ochdi.
Qishloq xo'jaligida band bo'lgan
ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat ko'rsatish sohasiga jalb etish davlat agrar siyosatining g'oyat
muhim yo'nalishi hisoblanadi. Qishloq joylariga
sanoatni olib kirish, zamnonaviy texnologiyalarga ega bo'lgan
kichik korxonalarni ochis h hisobiga yangi ish joylarini yaratish ustivor vazifadir. Qishloqda tub islohotlarni o'tkazish, qishloq xo'jaligini
taraqqiy qildinsh, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O'zbekiston
iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbaidir.