27
talabiga mos psixologik savodxonligini oshirish maqsadida qisqa muddatli
“ijtimoiy psixologiya” kurslarini tashkil etish;
fuqarolarning kasbiy yo„nalishlarini aniqlash
va mehnat birjalari
faoliyatini rejalashtirishda faol yordam ko„rsatish.
Amaliyotchi psixologning faoliyatidagi vazifalar quydagilarni o„z ichiga
oladi:
1. Psixolog o„z faoliyatini O„zbekiston Respublikasi hukumatining xalq
ta‟limi sohasi bo„yicha qabul qilingan normativ va instruktiv hujjatlariga amal
qilgan holda amalga oshirishi shart.
2. Oliy o„quv yurtining psixologiya sohasini bitirganligini
yoki amaliyotchi
psixologlar tayyorlovchi qisqa muddatli (qo„shimcha mutaxasislik beruvchi)
maxsus kurslarni (kamida 1000 soatlik) bitirib, psixolog mutaxassisligini
olganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo„lishi kerak.
3. Psixologiya fanining eng so„nggi yutuqlardan xabardor bo„lishi, bolalar
psixologiyasi, pedogogik psixologiyani, amaliy psixologiyani chuqur bilish shart.
Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va
psixokorreksion ishlarining
hozirgi zamon ilmiy asoslangan metodlari bilan qurollanishi, xalq ta‟lim tizimida
doimo o„z malakasini oshirib borishi kerak.
4. Muomolarni muhokama qilishda va qaror chiqarishdan kasbiy vakolat
chegarasidan aslo chiqmaslik kerak.
5. Shu sohaning mas‟ul mutaxasislari tomonidan ishlab chiqarilgan qoidalarga
rioya qilgan holda ko„rsatmalar va tavsiyalarni qat‟iy bajarish shart.
6. Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o„quvchi manfaatidan, ijtimoiy
tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur.
7. Olingan ma‟lumotlar sinaluvchining shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni
qurshab turgan muhit a‟zolari tahlikaga tushmasliklari uchun diagnostik va
korreksion faoliyat natijalarini sir saqlash.
8. Ma‟muriyat o„qituvchilar ota-onalar bilan uzviy aloqada faoliyat ko„rsatish.
28
9. Bog„chada, maktabda o„tkaziladigan tadqiqot maqsadi mohiyati,
vazifasi
va natijalari yuzasidan pedogogik kengash, ma‟muriyatga ma‟lumot berish
maqsadga muvofiq.
10. Ma‟muriyatga, pedogogik kengashga o„quvchilarga individual
yondashishni ta‟minlovchi
imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari,
ta‟lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olishning omillari, yo„llari yuzasidan zarur
yordam ko„rsatish.
11. Bolalar va o„quvchilarning alohida muamolarini hal qilishda yordam
berish.
12. Ota-onalarni tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishda maslahatlar berish,
muayyan holatlarini birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar berish.
13. Ota-onalarga farzandlarining tibbiy yordamga
muhtojligi yoki boshqa
muassasalarga murojat qilish lozim ekanligini yuksak pedogogik odob bilan
tushuntirish, berilayotgan ko„rsatmalarga ularni ishontirish.
14. Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilgan holda
o„tkaziladigan barcha ishlarni qayd qilish va belgilash.
15. O„z faoliyatini natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o„z muddatida
axbarot berish, qabul qilingan hisobot shakllariga hech og„ishmasdan rioya qilish.
16. Barcha maktablarda maxsus talablarga
javob beradigan darajada
jihozlangan psixologik xizmat xonasi bo„lishi maqsadga muvofiqdir .
17. Amaliy psixologlar seminarlari, anjumanlarida faol ishtirok etish.
18. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ijtimoiy psixologik axloq-
odob qoidalariga zid bo„lgan tekshirishlar o„tkazmaslik.
19. Bolalar, o„quvchilarni tanlash komissiyasida ishtirok etish.
20. Ijtimoiy psixologik holatlarni o„rganishda mahalliy hokimiyatga yordam
berish va ommaviy barqarorlashtirishda oldingi safda bo„lish.
Dostları ilə paylaş: