31
xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki
dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya‟ni bularning hammasi subyektiv psixik hodisalar
sanaladi.
“Psixologiya” (yunoncha) so„z bo„lib, “jon”, “ruh” haqidagi “fan, ta‟limot”
degan ma‟no anglatadi. Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi o„rniga “psixika”ni
qo„llashda davom etmoqda. Psixologiyada “jon”, “psixika” tushunchalari aynan bir
xil ma‟noni bildiradi. Lekin “psixika” tushunchasi bugungi kunda “jon”dan
kengroq ko„lamga ega bo„lib, ham ko„zga ko„rinuvchi, ham ko„zga ko„rinmovchi
tomonlarini o„zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq,
muomala yaqqol namoyon bo„lish xususiyatiga ega bo„lsa, bilish jarayonlari,
psixik holatlar,
ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada
mujassamlashgani uchun ular ko„zga ko„rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi
davrdagi taraqqiyoti ular o„rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi. Subyektiv
hodisalarning asosiy xususiyati - ularning bevosita subyektga taalluqliligidir. Agar
inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni
bir davrning o„zida tushunib turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz
ularning barchasini sodir bo„layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun
psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo„lishidan tashqari, ular bevosita
ko„z o„ngimizda namoyon bo„lib turadi.
Obrazli qilib aytganda, odamning ichki
dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday
hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.
Psixikaning turli shakllarda ko„rinishi, jumladan, psixik jarayonlar,
anglashilmagan holatlar,
xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche – “jon”,
somoto – “tana” ma‟nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo„lining
mo‟jizakorligi moddiy va ma‟naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday
faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo„ladi, o„zining
xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o„rganish mumkin.
Psixologik voqelikfakt - deganda subyektning ichki kechinmalarining tarkibiy
qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati,
32
jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar)
orqali psixikaning
xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o„rganish tushuniladi.
Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar
sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga
xos bo`lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to`planib
borishi tarixidir. Insonning o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib
borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik
hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotini har xil tarixiy bosqichlarda
ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo qilinganligini, ba`zi
qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy
hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy
taraqqiyoti munosabati
bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki
yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir
psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko`tarilganligi haqida ham ma`lumot
beriladi.
Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini
beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish
metodlarini izlanish va yaratishda katta o`rin tutadi.Psixologiyaning butun tarixi
davomida idealizm va materializm o`rtasida kurash kechgan.
Bu kurash
psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik
hodisalarni o`zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini
tushunishda ifodalangan. Albatta psixologiya tarixida turlicha qarashlar va
yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya`ni inson va hayvonga
xos bo`lgan psixika, psixik hayot bir xilligicha qolaveradi.
Psixologik bilimlar
taraqqiyotining butun tarixida psixologiya predmetining uchta ta`rifi mavjud; ruh
(jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq haqidagi fan. Psixologiyani ruh
haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruhni izohiy printsip deb uning faoliyat doirasini
nihoyatda cheklab qo`ygan. Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin qilish
va psixikaning ongli qismini tadqiqot obyektiga aylantirib, bir vaqtning o`zida ong,
ong ham predmet, ham izohiy printsip bo`lib xizmat qilgan. Psixologiya predmeti
33
sifatida xulqning tanlanishi ong psixologiyasi subyekt tizimini yengib,
psixologiyani obyektiv tadqiqot yo`liga olib chiqdi. Lekin ayni paytda psixologiya
psixika va ongni o`z tadqiqot predmeti sifatida yo`qotdi. Keyingi taraqqiyot ong va
xulq (faoliyat) birligi printsipi asosida ong va faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi
tiklanmoqda.
Dostları ilə paylaş: