66
8-MAVZU. NERV SISTEMASINING TUZILISHI
.
Tayanch tushunchalar:
nerv hujayrasi, neyron, qo‟zg‟aluvchanlik,
o‟tkazuvchanlik, diffuz nerv sistemasi, bosh miya, orqa miya, ketingi miya, o‟rta
miya, oraliq miya, oldingi miya, uzunchoq miya, varoliy ko‟prigi va miyacha, to‟rt
tepalik, vegetativ markazlar, miya dastasi, oldingi miyaning o‟ng va chap yarim
sharlari, bosh miya yarim sharlari po‟stining yuza qismlari, bosh miya po‟stining
qismlari.
8.1. Nerv hujayrasi, uning oʻsimtalari va ularni qoplovchi pardalar.
Psixikaning moddiy asosi nerv sistemasi va bosh miya hisoblanadi. Shu
sababli nerv sistemasining tuzilishini va qanday ishlashini bilmasdan turib,
psixik
hayot hodisalarini tushunib bo‟lmaydi. Nerv siyetemasi nerv to‟qimasidan iborat,
bu to‟qima esa nerv hujayralaridan tashkil topgan. Nerv hujayrasi protoplazmadan
tuzilgan tana bo‟lib, ikki turli o‟simtalari bor, bu o‟simtalarning bir xillari kalta,
boshqa bir xillari uzun bo‟ladi. Kalta o‟simtalari sertarmoq bo‟lib, dendritlar deb
ataladi. Uzun o‟simtalari aksonlar yoki neyritlar deb ataladi. Har bir hujayrada bu
o‟simtalar ikkitadan ortiq bo‟lmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o‟ralgan. Neyritga
yopishib turadigan birinchi pardasi yog‟simon parda bo‟lib, uni et parda yoki
mielin pardasi deb ataladi. Ikkinchi tashqi pardasini shvann pardasi deyiladi. Bu
pardalar toladan o‟tuvchi nerv qo‟zg‟alishini ajratib
turuvchi izolyasiyadek bir
vazifani o‟taydi. Neyrit, odatda, nerv tolasi, deb ataladi.
Nerv hujayrasi, uning o‟simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda
neyron deb ataladi Nerv sistemasi juda ko‟p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari
miyadan tutam-tutam bo‟lib
chiqib nerv stvolini yoki, oddiy so‟z bilan aytganda,
nervni hosil qiladi. Nerv hujayralari va miyelinsiz tolalar to‟plami miyaning
kulrang moddasini, miyelinli nerv tolalarining to‟plami esa miyaning oq moddasini
tashkil etadi. Hujayralar – ularning yadrolari va tolalari sinapslar degan maxsus
mayda tolachalar yordami bilan bevosita bog‟lanadi (sinaps grekcha so‟z bo‟lib,
“ilgak” degan ma‟noni bildiradi).
Analizatorlar - bu nerv fiziologik apparat bo‟lib,
periferiyadagi nerv uchidan
67
(reseptor) sezuvchi nervdan( o‟tkazish yo‟li) va miya qobiqining tegishli
qo‟zg‟atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir.
I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari to‟g‟risidagi ta'limoti
ilmiy psixologiya uchun katta ahamiyatga egadir.
Hayvonlar uchun borliq katta yarim sharlaridagi ta'sirlagichlar va ularning
izlari bilan signallashib ular organizmning ko‟rish, eshitish reseptorlariga bevosita
kelib turadi. Bu birinchi signallar tizimi bo‟lib, odam va hayvonlarda umumiydir.
So‟zlar ikkinchi, maxsus insoniy signal tizimini tashkil etadi. So‟zlar
narsa va
hodisalardan kelayotgan signallarning o‟rnini egallagani uchun I.P.Pavlov
tomonidan "signallar signali" deb nomlangan. Ikkinchi signal tizimining faoliyati
birinchi signal tizimidan ajralmagan holda bevosita bog‟liq tarzda boradi. Ikkinchi
signallar tizimi tafakkur va nutqning fiziologik asosi hisoblanadi.
Refleksning klassik tushunchasi yordamida psixik faoliyat asoslarini
tushuntirishdagi muhim kamchilik shundan iboratki,
refleks tizimi inson
psixikasining idora etuvchi va o‟zgartiruvchi rolini tushuntirib bermaydi.
I.P.Pavlovning shogirdlari va izdoshlari bu kamchilikni reflektor organik tizimi
tushunchasini reflektor halqasi tizimi tushunchasiga o‟zgartirish yo‟li bilan
yechishga intildilar.
Har bir nerv hujayrasi, ya'ni neyron yadrosi bo‟lgan juda ko‟p tarmoqlangan
kalta o‟simtalar - dendritlar va bitta uzun o‟simta - aksondan iborat hujayradan
tashkil topgan. Turli nerv hujayralarining tutashgan joyi
sinaps deyiladi va u bir
neyrondan boshqasiga impulslarni o‟tkazish (to‟xtatish yoki ushlab qolish)ni
ta'minlaydi. Nerv hujayralari to‟plami miyaning kulrang moddasini, nerv
tolalarining to‟plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Nerv to‟qimasi
o‟ziga xos xususiyatlarga ega bo‟lib, ular qo‟zg‟aluvchanlik va o‟tkazuvchanlik
asosiy xususiyatlar hisoblanadi.
Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat. Orqa miya umurtqa
pog‟onasining kanalida joylashgan bo‟lib, nerv to‟qimasidan iborat. Orqa miya
ikkita yarim, ya'ni o‟ng va chap qismlardan iborat bo‟lib, ularni uzunasiga ketgan
oldingi va orqa kesiklar ajratib turadi.
68
Nerv sistemasining
maxsus xossalari bor, bu xossalardan asosiylari
qo‟zg‟aluvchanlik va o‟tkazuvchanlikdir.
Dostları ilə paylaş: