O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


  9- MAVZU. MARKAZIY NERV SISTEMASI



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

 


70 
9- MAVZU. MARKAZIY NERV SISTEMASI. 
 
Tayanch tushunchalar: 
bosh miya, orqa miya, ketingi miya, oʻrta miya, 
oraliq miya, oldingi miya, uzunchoq miya, varoliy koʻprigi va miyacha, vegetativ 
markazlar, miya dastasi, oldingi miyaning oʻng va chap yarim sharlar.
 
9.1. Bosh miya. Orqa miya. Ketingi miya. Oʻrta miya. Oraliq miya. 
Oldingi miya. Uzunchoq miya, Varoliy koʻprigi va miyacha. Toʻrt tepalik, 
qizil yadro va miyaning boshqa ba‟zi bir uchastkalari. 
Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan.
Orqa miya umurtqa pog‟onasining kanalida joylashgan bo‟lib, nerv 
to‟qimasidan tuzilgan va shaklan go‟yo yo‟g‟on chilvirga o‟xshaydi. Orqa 
miya uzunasiga ketgan ikkita egat bilan ikki qismga: o‟ng va chap qismlarga 
bo‟linadi. Orqa miyaning atrof-chekkasida oq modda (nerv tolalarining to‟plami), 
o‟rtasida esa kul rang modda (nerv hujayralarining to‟plami) joylashganligini 
orqa miyaning ko‟ndalang kesigidan ko‟rish mumkin. Kulrang modda kesigi 
shaklan kapalakka o‟xshaydi. Orqa miya oldingi qismlari oldingi ildizchalar, 
orqadagi qismlari orqadagi ildizchalar, deb ataladi. Orqa miyada nerv tutam 
bo‟lib joylashgan, qo‟zg‟alish periferiyadagi nerv uchlaridan, skelet muskullari, 
teri, shiliq pardalardagi nerv uchlaridan shu nerv tolalarning tutamlari orqali nerv 
impulslari shaklida bosh miyaga yetib boradi va bosh miyadan periferiyaga 
keladi. Nerv tolalarining ana shu tutamlari o‟tkazuvchi yo‟llar deb ataladi.
Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita markazi bo‟lmay, balki ongsiz 
reflektor harakatlarni idora etadigan markazdir. U tana va qo‟l-oyoq muskullarini, 
ko‟z muskullarini idora qiladi, shuningdek, organizmda bo‟ladigan bir qancha 
fiziologik jarayonlarni, ya‟ni tomir harakatlari, ter chiqarish va boshqa shu kabi 
fiziologik jarayonlarni ham idora etadigan markazdir. Ana shu markazlardan bir 
qismi vegetativ nerv sistemasiga taalluqlidir. 
Bosh miya

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin