O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

 
kalla qutisida
 
joylashgan bo‟lib, go‟yo orqa miya tepasidagi 
ustki qavat hisoblanadi. 
Mutaxassislar tomonidan bosh miya quyidagi qismlarga ajratiladi. 


71 
ketingi miya; 
o‟rta miya; 
oraliq miya; 
oldingi miya. 
Ketingi miya
ga uzunchoq miya, Varoliy ko‟prigi va miyacha kiradi. 
Uzunchoq miya bilan Varoliy ko‟prigi orqa miyaning go‟yo bevosita davomidir. 
Lekin shu bilan birga, uzunchoq miya orqa miyaga qaraganda xiyla murakkab 
vazifani o‟taydi. Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning 
yuqoriroqdagi bo‟limlariga va, aksincha, bosh miyaning yuqoriroqdagi 
bo‟limlaridan orqa miyaga impulslar o‟tib turadi. Uzunchoq miya yadrolari 
emish, chaynash, yutish, so‟lak ajratish, me‟da va me‟da osti bezidan shira 
ajratish, qusish va shunga o‟xshash bir qancha murakkab reflektor jarayonlarda 
qatnashadi. Nafas olishni, yurakning ishla shini idora etadigan, qon tomirlar 
tonusini saqlaydigan markazlar uzunchoq miyadadir. Miyacha markaziy nerv 
sistemasining pastdagi hamma bo‟limlariga, shuningdek, yuqoriroqdagi 
qismlariga ko‟p yo‟llar bilan mahkam bog‟langandir. Miyachaning juda qatta 
ahamiyatga ega eqanligi loaqal shundan ham ko‟rinadiki, miyacha olib 
tashlangandan keyin tananing muvozanat va harakat funksiyalari juda ham 
buziladi; harakatlar tartibsiz, chalkash, poyma-poy bo‟lib qoladi. Miyachasi olib 
tashlangan hayvon qaddini ko‟tarib va boshini tutib turolmaydi; boshi va tanasi 
doim tebranib turadi; omonat, poyma-poy, haddan tashqari keskin harakatlar 
qiladi. 
O‟rta miya
. Muskul tonusining normal taqsimlanishini va gavdaning 
tovush hamda yorug‟lik singari qo‟zg‟ovchilarga,
 
shuningdek og‟irlik 
kuchiga nisbatan to‟g‟ri turishini idora etadigan to‟rt tepalik, qizil yadro va 
miyaning boshqa ba‟zi bir uchastkalari o‟rta miya tarkibiga kiradi. O‟rta miyasi 
olib tashlangan mushuk, it va maymunlar normal harakat qila olmaydigan 
bo‟lib qoladi.
Oraliq miya
 
muhim funksiyalarni o‟taydigan bir qancha nerv 
uchastkalaridan iborat. Gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o‟rta miya idora 
etadi. Pastroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va 


72 
muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o‟rta miyada deb taxmin 
qilinadi. 
Uzunchoq miya, Varoliy ko‟prigi, o‟rta miya va oraliq miya hammasi 
birgalikda 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin