O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

 
Nazorat savollari: 
 
1. Psixologiya sohasida XX asrda erishilgan yutuqlar haqida nimalarni 
bilasiz? 
2. Psixologiya fanida yuzaga kelgan yangi yoʻnalishlar va yangicha 
yondoshuvlar sanab o`ting? 
3. Sinergetik yondashuv haqida umumiy ma‟lumot bering? 
4. Akmeologik yondashuvlar haqida nimalarni bilasiz? 


12 
2- MAVZU. PSIXOLOGIYA FANINING DOLZARBLIGI. 
Tayanch tushunchalar: 
internetomaniya, shaxs, faoliyat, shaxsiyat,
ongi, 
xulq-atvor, globalizasiya, jamiyat,
obyektiv, subyektiv mafkura. 
 
2.1. Globalizasiya sharoitida psixologiya oʻrganadigan muammolarning 
dolzarbligi. 
Jahon hamjamiyatining mustaqil O‟zbekistonni tan olishi, davlatimizning 
keng tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o‟zbek xalqining ma‟naviy 
qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o‟zini boshqa xalqlar oilasidagi to‟la 
huquqli millat sifatida anglab yetishiga keng imkon yaratdi. Tobora kengayib 
borayotgan xalqaro aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq bilish
umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‟lish uchun qulay zamin yaratmoqdaki, 
bu o‟z navbatida o‟zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi iste‟dodi 
rivojlanishiga, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir necha chet tillarni va 
kompyuter texnologiyalarini tez o‟rganib olish kabi iqtidorini ro‟yobga chiqishiga, 
xorijiy mamlakatlarga borish, ular bilan aloqalar o‟rnatish, dunyo standartlari 
bo‟yicha oliy o‟quv yurtlarida tahsil olish imkonini berdi. Ana shunday keng 
ko‟lamli aloqalarga qaramay, xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy qadriyatlarga 
hurmat, vatanparavarlik, saxovat an‟analari yanada rivojlanib, iqtidorlari 
yuksaklarga ko‟tarilmoqda. Bu insonga munosabatni, uni tarbiyalash ishining 
dolzarbligini yanada yaqqolroq tasavvur qilishga olib keldi. 
Globalizatsiya 
sharoitida psixologiya o‟rganadigan muammolarning 
dolzarbligi, avvalo, har bir shaxsning murakkab insoniy munosabatlar, axborot 
kommunikatsiyalari sharoitida yashayotganligi, inson xulqini boshqarish ayrim 
mamlakatlar uchun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi omili sifatida e‟tirof 
etilishi bilan izohlanadi. O‟z vaqtida Hindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma 
Gandi shunday yozgan ekan: “Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam 
berkitib o‟tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu 
barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‟lib, xonadonimni 
ag‟dar-to‟ntar qilib, o‟zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman”. Bu so‟zlarni 


13 
bugungi globalizasiya sharoitida insonning jamiyatda tutgan o‟rni va zarur 
maqomni egallashiga, informatsion xurujlar va turli xil ma‟lumotlarning turli 
yo‟llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib kelib, u 
yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e‟tiqod 
shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta‟siri jarayonlari ma‟nosida 
qo‟llash shaxs ruhiyatiga aloqador sir-sinoatlarni bilishni, shaxsga o‟z-o‟zini 
himoya hilish, o‟z ustida ishlash imkoniyatlarini bilishni dolzarb qilib qo‟yadi. 
Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab, 


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin