O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

 
Nazorat savollari 
 
1.
Individ, shaxs, individuallik tushunchalarini izohlab bering?
2.
Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o„rganilishi deganda nimani 
tushunasiz?
3.
Shaxs muammosi va uning metodologik asoslarini tushuntiring?
4.
Shaxsga nisbatan evolyutsion tarixiy va tizimli yondashuv izohlang? 


149 
17-MAVZU. SHAXS RIVOJLANISHINING INDIVIDUALLIK 
XUSUSIYATLARI VA
ULARNING ROLI 
Tayanch tushunchalar: 
shaxs, yo‟nalganligi, ijtimoiy tajriba ttuzilishi, 
individuallik, shaxs rivojlanishi, qobiliyatlar, temperament, xarakter, individuallik.
 
 
17.1. Individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning
predmeti sifatida. 
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi 
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar 
tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta‟rif berilgan va uning tuzilishini o‟ziga xos 
tarzda tasavvur qilishgan.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti, 
ham subyektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga 
shunday ta‟rif beradi: shaxs - bu faoliyat subyektidir. K.K.Platonovning talqiniga 
binoan: jamiyatda o‟z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a‟zosi shaxs 
deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan 
S.L.Rubinshteyn ta‟rificha, shaxs - bu tashqi ta‟sirlar yo‟nalishini o‟zgartiruvchi 
ichki shart-sharoitlar majmuasidir. 
S.L.Rubinshteyn bo‟yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
Yo‟nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e‟tiqodlar, faoliyat va xulqning 
ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
Bilimlar, ko‟nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi. 
Individual tipologik xususiyatlar - temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks 
etadi. 
K.K.Platonov ta‟limotiga ko‟ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: 
I. Yo‟nalganlik osttuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini 
birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‟lam (hajm) 
darajalarini farqlash lozim. 
II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - ta‟lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan 
bilimlar, ko‟nikmalar va odatlarni qamrab oladi. 


150 
Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - ijtimoiy turmush jarayonida 
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 
Biologik shartlangan ost tuzilish - miya morfologik va fiziologik 
xususiyatlariga muayyan darajada bogliq bo‟lgan patologik o‟zgarishlarni, 
shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xususiyatlarini birlashtiradi. 
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega: 
Yo‟nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‟zaro ta‟sir 
etuvchi har xil xususiyatli g‟oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar 
kiradi. Ustuvor yo‟nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi. 
Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta‟minlovchi tizim. 
O‟zaro ta‟sir etuvchi va o‟zaro bog‟liq bo‟lgan turlicha qobiliyatlar. Ijtimoiy 
muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va 
mazmuni unda namoyon bo‟ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma‟naviy sifatlar 
ajratiladi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), 
o‟zini o‟zi nazorat qilish, o‟zini o‟zi boshqarishni ta‟minlaydi. 
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo‟yicha eng salmoqli 
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo‟lib, xilma-xil shaxs 
strukturasining modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada 
B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emotsiya) 
va irodaga ajratilishi inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining 
dastlabki ko‟rinishi bo‟lib, uning haqchilligi ko‟pgina psixologlar tomonidan tan 
olinishidir. B.G.Ananev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida 
turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e‟tirof etilishi - psixik 
aktlarning psixik funksiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar 
bilan uyg‟unligini ta‟kidlaydi.
L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko‟ra, insonning psixik funksiyalarini 
yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin, chunki ularning 
negizida ta‟lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar 
sistemasi o‟zaro ta‟sirining ifodalanishi yotadi. 


151 
Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik jarayonlarga, 
holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi muhim ahamiyatga 
ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananev tomonidan strukturaviy 
konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik “hodisalarni bir qator 
jabhalari bilan to‟ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat kasb etib, psixik 
jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to‟plash imkoniyatini (idrok, tafakkur, 
emotsiya, iroda) beradi”. Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir tomondan, 
psixik funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan, elementar 
motivlari (ehtiyoj, ustanovka) hisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu 
qo‟shimchalar “genetik ma‟no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini 
umumpsixologik va neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga 
o‟tishga imkon beradi”. Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus 
psixologik deb qarashdan qat‟iy nazar, hozirgi zamon sintetik insonshunosligi 
uchun umumiy ahamiyatli jihatni yuksaklikka ko‟tarishga qodir emas. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin