O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Xarakterning ma‟naviy sifatlari -



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

Xarakterning ma‟naviy sifatlari - 
odamoshavandalik, samimiylik, 
rostgo‟ylik, gumanizm, mehribonlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, o‟z qadr 
qimmatini bilishlik kabilardan iboratdir. 
Xarakter xislatlari - 
ijtimoiy muhit ta‟sirida tarkib topgan, shaxsning xatti-
harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlari yig‟indisi. 
Xolerik -
(yunon. chole - safro, sariq o‟t) temperament turi, u hissiyotning 
jo‟shqinligini, kayfiyatning birdaniga tez o‟zgarib qolishi, hissiyotning
muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ifodalanadi. 
Xudbinlik -
kishining faqat o‟z manfaatini ko‟zlovchi salbiy xarakter xislati, 
boshqalar manfaati bilan hisoblashmaslik. 


206 
Xayol 
- mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik 
aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol va tasavvur 
xayol turlariga ajraladi.
Xayolparast - 
(yunon. phantasia - tasavvur, xayol) kishining voqea, 
dalillarini asta-sekin buzib, ularni o‟z xohishiga qarab fikr-xayoliga moslab 
tasvirlab berishi. 
Eksperiment metodi
– yangi psixologik bilimga ega bo‟lish uchun obyektiv 
tarzda ilmiy bilishning asosiy vositasi. U laboratoriya va tabiiy eksperiment 
metodlarga bo‟linadi. 
Empirik metod - 
(yunon. emperia - tajriba, methodos - tadqiqot) 
tekshiriluvchi haqidagi ma‟lumotlarni tajribaga asoslanib, amaliy tajribalar bilan 
aniqlash usuli. 
Eksteroretseptiv sezgilar
– tashqi olamdagi narsa va hodisalarning turli 
xususiyatlari haqida darak beruvchi, tana sirtida joylashgan retseptorlar, sezgilar. 
Masalan: ko‟rish, eshitish, hid va ta‟m bilishdan iborat tashqi sezgilar.
Esga olib qolish -
yangi qabul qilingan ma‟lumotlarni oldin egallangan bilim 
va tajribalar bilan bog‟langan holda esda saqlashga qaratilgan psixik faoliyat. 
Esga tushirish
– o‟tmishda idrok qilinganlarni (narsa, his-tuyg‟u, fikr, ish, 
xatti-harakat) ongimizda qayta tiklashdir. Xotira jarayonlaridan biri. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin