34
asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok – tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar
hamda ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir.
Xotira -
narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali
hosil bo„lgan obrazlari nom - ular miyamizda o„rnashib, saqlanib qoladi va qulay
sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning esimizga
tushirilgan obrazlari tasavvurlar deb ataladi. Sezgi va idrok kabi ko„nglimizdan
kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga o„rnashib,
saqlanib
qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko„ngildan kechgan narsalarning
miyamizga o„rnashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana esimizga tushishidan
iborat bo„lgan ana shu psixik faoliyatga aytiladi.
Xayol -
narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil bo„ladigan
obrazlardan tashqari, o„zimiz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasavvurlar
ham miyamizdan katta joy oladi. Masalan, ibtidoiy odamning hayot sharoiti
haqidagi tasavvurlarimiz, Marsdagi hayot haqidagi
tasavvurimiz va shunga
o„xshashlarga aytiladi. Bu tasavvurlar xotiramizda bor ma‟lumotlar asosida
xayolda (fantaziyada) hosil bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: