O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Psixologik eksperiment va uni tashkil etish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

 
7.5. Psixologik eksperiment va uni tashkil etish. 
Eksperimentning mohiyati shundaki, aynan shu yo‟l bilan bir omilning ta‟siri 
ikkinchi bir omil ta‟sirini ta‟minlashi yoki hodisaning ro‟y berishiga olib kelganligi 
isbotlanadi. Ya‟ni, eksperiment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy 
farazlarni isbot qilishga yordam beradi. Masalan, o‟quvchilarning o‟zlashtirish 
darajalari qanday omillarga bog‟liq, degan savol paydo bo‟lsa va bunday 
olmillardan biri o‟quv jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanish 
lozimligi fikri taxmin qilinsa, o‟sha eksperiment sinfida tarqatma materaillar 
ishlatiladi, ikkinchi sinov sinfda esa eskicha o‟qitilaveradi. Natija ma‟lum 
muddatdan keyin bolalarning o‟zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, 
xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi. Mana shunga o‟xshash jarayonlar va sinovlar 
eksperiment deyiladi va hayotda va psixologik amaliyotda ko‟plab murakkab 
eksperimentlar aniq dasturlar asosida o‟tkaziladi, yangiliklar ochiladi. 
Har qanday eksperiment uchun odatda ataylab shunday sun‟iy bir vaziyat 


64 
shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon 
yoki hodisa ajratiladi, o‟rganiladi, ta‟sir ko‟rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy 
eksperiment o‟sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan 
sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda yozgi lagerda, litsey 
auditoriyasida va shunga o‟xshash) maqsadli tashkil etilib, o‟rganilsa, laboratoriya 
eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab 
o‟rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo‟lsa, 
psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida 
yoki “Landolt xalqachalari” deb nomlangan jadvallar yordamida o‟rganish 
mumkin bo‟ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o‟zaro hamjihatlik, 
liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va 
gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi 
turli xil hodisalar o‟lchangan. 
Eksperiment o‟tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan obyektda 
eksperiment hamda nazorat guruhlarining bo‟lishidir. Tadqiqotchining taxmini 
asosida birinchi guruhda u yoki bu o‟lchovlar, tekshirishlar, shart-sharoitlar 
kiritilsa, nazorat guruhi o‟sha yangiliklar va sun‟iy kiritilgan omillar ta‟siridan xoli 
qilinadi. Eksperiment so‟ngida natijalar ikkala guruh misolida taqqoslanib, kerakli 
xulosalar chiqariladi. Oddiy qilib aytilsa, agar maosh mehnat motivatsiyalaridan 
biri deb, uning ta‟sirini o‟rganish kerak bo‟lsa, eksperimental guruh a‟zolariga 
maoshlar ko‟paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda qoldiriladi. Ikkala 
guruh a‟zolarining esa kundalik ish samaralari, ishga munosabati, ishlab 
chiqarishdagi mahsuldorlik maxsus mezonlar asosida taqqoslab chiqiladi. Demak, 
eksperiment uchun maxsus sharoitlar va natijalarni to‟g‟ri tahlil qilish uchun 
professional psixologlar kerak. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin