84
EHTIYOJLARNING TURLARI
Kelib chiqishiga
ko`ra
Tabiiy
Madaniy
Predmetiga ko`ra
Moddiy
Manaviy
mavjudodlarnikidan ham sifat, ham miqdor jihatdan tafovutlanadi. Ehtiyojlarni
qondirilish usullari, shakli, quroli tobora takomillashib borishdan tashqari, ularning
mohiyati, mazmuni ham o‟zgarib
bormoqda, misol uchun hozirgi zamon kishisi
eramizdan oldingi ajdodlarimizga nisbatan boshqacha tarzda o‟z ehtiyojlarini
ro‟yobga chiqaradi va ularni qondirishga intiladi. Uy ro‟zg‟or buyumlarining
o‟zgarishi ehtiyojlarini qondirish yo‟llari takomillashuvidan darak beradi.
Shuning uchun insonlarning tabiiy ehtiyojlari ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega,
chunki ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsulidan iboratdir. Inson faoliyatining
faolligi insoniyat madaniyatini mahsuli bilan bog‟liqligini ifodalab, madaniy
ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‟g‟risida
mulohaza
yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan
uzviy bog‟lanib ketishini ta‟kidlab o‟tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy
ehtiyojlar bilan o‟zaro uyg‟unlashgan bo‟lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi,
chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Psixologiya fanida ehtiyojlarni
tasniflash ularni kelib chiqishi va o‟z predmetining xususiyatiga binoan amalga
oshiriladi. Odatda, o‟zlarining kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy
turga ajratiladi. Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar obyektiga tabiiy
ehtiyojlarini qondiruvchi uy-ro‟zg‟or
buyumlar, mehnat faoliyati orqali boshqa
kishilar bilan bog‟lanish vositalari, madaniy aloqalar o‟rnatish usullari, shaxslararo
85
muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar,
o‟qish va tajriba orttirish yo‟llari kiradi. Odatda, jamiyat ta‟lim va tarbiya tizimini
egallash, xalq an‟analari, marosimlari, bayramlari, odatlari, rasm-rusumlari, xulq-
atvor ko‟nikmalarini o‟zlashtirish jarayonida rang-barang madaniy ehtiyojlar
vujudga keladi, yangicha ma‟no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta‟kidlab
o‟tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular
insonni halokat yoqasiga
yetaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib
kelmaydi, ammo odamda madaniy fazilatlarning shakllanishiga putur yetkazadi,
uning kamolotini sekinlashtiradi. Shu narsani ta‟kidlab o‟tish joizki, madaniy
ehtiyojlar o‟zining darajasiga ko‟ra, jamiyat tomonidan o‟z a‟zolari oldiga
qo‟yilayotgan talablar bilan bog‟liqligiga binoan, ular o‟zaro bir-birlaridan keskin
tafovut qiladi. Masalan, hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga nisbatan tinimsiz
izlanishini, ya‟ni bilim olish ehtiyojining mohiyatini eng so‟nggi moda bo‟yicha
kiyinishga odatlangan xuddi shu yoshdagi tengdoshining ehtiyojlarini bir xil
mezon bilan o‟lchash va baholash adolatdan emas. Chunki ehtiyojlarning
mohiyatiga, ularni qondirish uchun amalga oshirish ko‟zda
tutilgan faoliyat
natijasiga, ularning xususiyatiga ijtimoiy yoki individual yo‟nalganligiga binoan,
har qaysisi alohida-alohida baholanadi. Ijtimoiy jamiyat tomonidan o‟z fuqarolari
oldiga qo‟yilayotgan talablariga, jamiyatning huquq asoslariga, xalq an‟analariga,
yurish-turish qoidalariga, ma‟naviyat va qadriyat tizimiga, maslak va dunyoqarash
mohiyatiga mos tushadigan ehtiyojlar yuksak onglilik, ijtimoiy faollik, ma‟naviy
kamolot uchun xizmat qiladi, jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri
bo‟lib madaniy ehtiyojlarni tug‟ilish va ularni qondirilish darajasi va ma‟naviyatni
egallashdagi roli hisoblanadi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o‟z predmetining xususiyatiga ko‟ra moddiy va
ma‟naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi
mexanizmlar manbai
turlicha ekanligi e‟tirof etiladi. Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyiga ega
bo‟lish, maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan
bog‟liq madaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar
majmuasini yuzaga keltiradi. Ma‟naviy madaniyatni yaratish va o‟zlashtirish,
86
shaxsning o‟z fikr mulohazalari va his-tuyg‟ulari bo‟yicha
boshqa odamlar bilan
muomalaga kirishish hamda axborat almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan
tanishish, mahalliy matbuotni o‟qish, kino va teatr ko‟rish, musiqa tinglash
kabilarga ehtiyoj sezish, ya‟ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma‟naviy ehtiyojlar
tizimini vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: