195
GLOSSARIY
Attraksiya
– (fran. attraktion – qiziqmoq, intilmoq)
- kishini boshqa kishi
tomonidan qanday qabul qilinishini belgilovchi tushuncha, ya‟ni bir kishini ko‟rib
qolganda, idrok etganda yuz beradigan tafakkur turi.
Audometr
- (lot. audire - eshitmoq, yunon. metrio-o‟lchayman) eshitish
sezgisining kuchini aniqlaydigan asbob.
Agglyutinatsiya
- (lot. agglutinare - yopishtirmoq)
bir necha narsalarning
ayrim har xil qismlarini olib birlashtirilib, yangi narsa va hodisalarning obrazlariga
yaratilgan iborat xayol faoliyati. Mavjud obraz va tasavvur qismlarini bir-biriga
“yopishtirib” qo‟shish asosida yuzaga keladi. Masalan: suv parisi obrazi.
Antipatiya -
(yunon. antipotheia-ko‟ngilsizlik, xushlamaslik,yoqtirmaslik)
biror narsaga yoki kimsaga nisbatan bo‟lgan salbiy munosabatdan kelib chiqadigan
va uni ifodalaydigan yoqimsiz hissiyot.
Adaptatsiya
- (lot. adaptaro – moslashmoq) sezgi a‟zolari (analizatorlar) ning
ta‟sirot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o‟zgarishi
adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin. Kuchli ta‟sirdan
kuchsiz ta‟sirga o‟tganda sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta‟sir kuchayganda esa,
sezgirlik,
aksincha, kamayib boradi. Adaptatsiya qonuniyati, organik sezgilardan
boshqa, barcha sezgilar sohasiga xosdir.
U fiziologik, ijtimoiy – psixologik va
kasbiy moslashishga bo‟linadi.
Anesteziya -
(yunon anaisthesia-sezgisizlik, sezmaslik) –
nerv tizimining
kasallanishi oqibatida sezgirlikning yo‟qolishi.
Asteniya -
(yunon. asthenea-holsizlik) kuchli toliqish, sezgirlikning susayishi,
kayfiyatning beqarorligi, uyquning buzilishi bilan ifodalanuvchi ruhan sustlik,
ojizlik holati. Unga uzoq muddat spirtli ichimlik ichish natijasida hosil bo‟ladigan
ruhiy sustlik misol bo‟ladi.
Apatiya
-
charchash, og‟ir his-tuyg‟u yoki kasallik oqibatida qiziqishning
so‟nishi, atrofdagilarga nisbatan befarq bo‟lish, ma‟yuslik kabi ruhiy holatlar.
196
Affekt
- (lot. affektus-ruhiy hayajon, ehtiros) kuchli, tez va jo‟shqin
kechuvchi,
nisbatan qisqa muddatli, his-hayajonli, irodaviy nazorat yo‟qotilgan
ruhiy holat.
Afaziya
- (yunon. yuk. phasia-nutq) eshitish a‟zolarining sog‟lom bo‟lgani
holda nutq faoliyatining buzilishi. Bosh miya katta yarim sharlari po‟stlog‟ining
shikastlanishi natijasida paydo bo‟ladi.
Dostları ilə paylaş: