Asosiy kapitalga investitsiyalar
soooo.o
70000.0
60000.0
50000.0
s
8 40000,0
с
1
30000.0
20000.0
10000.0
0,0
diagramma. Asosiy kapitalga investitsiyalar.
2017 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar bo'yicha tarkibini ko'radigan bo'lsak, jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 60,5 %i Toshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida (mos ravishda jami investitsiyalarning 19,8 %i, 16,6 %i, 15,9 %i, va 8,2 %i ) o'zlashtirildi. Bu hududlarda amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalariga Kandim konlar guruhini o'zlashtirish va gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi, Xisor investitsiya bloki va Ustyurt hududida uglevodorod konlariga ishlov berish va ishlab chiqarish, Sho'rtan gaz kimyo majmuasida tozalangan metan asosida suyultirilgan yoqilg'i ishlab chiqarish, gazni oltingugurtdan tozalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Yoshlik 1 metall konini o'zlashtirish kabilarni keltirish mumkin.
Investitsiya faolligi ko'proq Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida kuzatildi (2016 yilga nisbatan 1,2 - 1,6 martta ko'payish). Qoraqalpog'iston Respublikasida esa o'tgan yilga nisbatan asosiy kaitalga investitsiyalar 42,4 %ni tashkil etdi.
Respublika bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalarni aholi jon boshiga ko'radigan bo'lsak, 2017 yilda bu ko'rsatkich 2016 yilga nisbatan 18,4 % ga oshib, 2 112,6 ming so'mga yetdi.
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar 2017 yilda Buxoro viloyatida 6123,3 ming so'm yoki o'tgan yilining mos davriga nisbatan 154,3 % kuzatildi. Mos ravishda Toshkent shahrida - 5546,4 ming so'm yoki 119,5 %, Navoiy viloyatida - 4041,4 ming so'm yoki 106,0 %, Qashqadaryo - 3479,7 ming so'm yoki 128,8 %, Toshkent viloyatida - 1962,6 ming so'm yoki 120,5 %ni tashkil etdi.
Jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 62 %dan ortig'i quyidagi iqtisodiy faoliyat turlariga yo'naltirildi: tog' - kon sanoati - 20,8 %, ishlab chiqarish sanoati - 17,9 %, tashish va saqlash - 9,3 %, elektr, gaz va bug' bilan ta'minlash, havoni konditsiyalash - 8,0 %, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalar va mototsikllarni ta'mirlash - 3,7 %, axborot va aloqa - 2,8 %.
3.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |