O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə13/32
tarix18.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#133034
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Muammoli izlanishlar - faqat yirik va murakkab ob’yektlarni loyihalashda olib boriladi va ular biznes - rejani ishlab chiqish hamda investitsiyalarni texnik - iqtisodiy asoslash uchun zarur bo‘lan boshlang‘ich ma’lumotlarni olishga yo‘naltiriladi.
Biznes-reja - qurilish ob’yektining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab beradigan hujjat, shuningdek, bu hujjat tadbirkorlik faoliyati sferasida ishtirok etishning maqsadga muvofiq ekanligini baholashda ham ishlab chiqiladi. Shular bilan bir qatorda bu hujjat nima ishlab chiqarish kerak, ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligi qanday qilib oshiriladi, qanday kreditlar zarur bo‘ladi va ularni qachon olish kerak hamda ularni qaytarishning imkoni bormi, tovar ishlab chiqarishni ilgari surish uchun qanday sheriklar kerak bo‘ladi va shu kabi savollarga beriladigan javoblarni o‘z ichiga oladi. Biznes-reja qurilish ob’yekti iqtisodiy samaradorligi - o‘zini oqlash muddati, olinadigan daromadning miqdori, korxona mahsulotlarini sotish yo‘llari to‘g‘risidagi tasavvurlarni ham beradi.
Biznes-reja bozor, uning sig‘imi, muhitning raqobatlilik darajasi, narxlarning dinamikasini o‘rganish natijalarini o‘z ichiga oladi va bo‘lajak buyurtmachilar hamda investorlar bilan muzokaralar olib borishda asos bo‘lib xizmat qiladi. U quriladigan ob’yektning raqobatli muhit sharoitlarida hayotiyligini aniqlash imkonini beradi, ishlab chiqarishning qanday qilib rivojlana olishiga oid tavsiyalarni o‘zida mujassam etadi, tashqi investorlardan moliyaviy yordam olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Biznes-reja odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
taqriz, unda ob’yektning qanday vazifani bajarishga mo‘ljallanganligi, yangidan yaratiladigan korxona nimani va nimaning hisobiga tovar ishlab chiqarishga intilayotganligi, ishlab chiqariladigan tovar raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qilishi va nima uchun iste’molchilar aynan shu tovarni sotib olishni istayotganliklari ko‘rsatiladi. Taqrizda kelgusida amalga oshiriladigan ishlardan qanday asosiy moliyaviy natijalar: sotiladigan tovarlarning hajmini bashorat qilish, olinadigan foyda, ishlab chiqarishga sarflanadigan mablag‘lar, umumiy daromad va foyda olishning darajasi hamda rentabellik, shuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish muddati va shu kabilar beriladi.
Tovarlar (ishlar va xizmatlar) turi - mavjud bo‘lgan, ya’ni oldindan ishlab chiqarilayotgan va yangi tovarlar nomenklaturasi, ko‘satiladigan ishlar va xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarish texnologiyasining ustunligi nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Agar bu qurilish yoki loyihalash - ilmiy tekshirish tashkilotiga tegishli bo‘lsa, u holda bu qurilish yoki loyihalash - ilmiy tekshirish tashkiloti qanday salohiyatga ega ekanligi e’tiborga olinadi.
Savdo-sotiq bozorlari - savdo - sotiq bilan shug‘ullanayotgan mavjud bozorlarni tahlil qilish, ta’sir o‘tkazish doirasini kengaytirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Iste’molchilarni, ularning talab - ehtiyojlarini aniqlash va ularga mahsulotlarni qanday qilib etkazish eng muhim omillar bo‘lib hisoblanadi. Buyurtmachini yaxshi tushunmasdan turib, mahsulotlar, ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning kuchli va zaif tomonlarini baholash ancha qiyin bo‘ladi.
Savdo-sotiq bozoridagi raqobat - kon’yunktura, raqobatchilar, ularning strategiyasi va qurilish mahsulotlari bozoridagi taktikasi, tashkilotlar soni, qurilish - montaj va boshqa ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar haqidagi ma’lumotlar tahlilini o‘z ichiga oladi.
Marketing rejasi marketing, narxlarni hosil qilish (narxlarni belgilash)ning maqsad va strategiyasini, ishlar va xizmatlarni taqsimlash sxemasini o‘zida mujassam etadi, reklama va jamoatning fikrini shakllantirishga oid savollarni echadi.
Ishlab chiqarish rejasi bo‘lajak qurilish ob’yektining ishlab chiqarish quvvati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Agar so‘z qurilish tashkiloti haqida yuritilayotgan bo‘lsa, u holda unda qurilish tashkilotining quvvati, uning asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalari, tashkilot salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bosh vazifa - buyurtmachilarga o‘zini salohiyatli qilib ko‘rsatish, ya’ni taklif etilayotgan ish hajmlarini tashkilot zarur bo‘lgan muddatlarda va talab etiladigan sifatda bajara olishga qodir ekanligini namoyon eta bilish.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin