Texnik topshiriqning ishlab chiqilishi va uning loyihalashtirishga taqdim etilishidan keyin loyihani ishlab chiqishga kirishiladi. Texnik topshiriqning loyihalashtirishga berilishi buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Lekin buyutmachi topshiriqni tuzish uchun etarlicha saviyaga ega emasligi tufayli uni tuzish uchun loyihalash yoki injiniring firmasini jalb etadi. Texnik topshiriq loyilash ishlari uchun tuzilgan har qanday shartnoma (kontrakt)ning ajralmas qismi deb hisoblanadi.
Sanoat ob’yektini loyihalash uchun taqdim etilgan topshiriq qurilish rayoni, punkti va maydoni, mahsulotning tavsifi, uning nomenklaturasi va ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar va jihozlarga asoslangan ixtisoslashtirish va koopiratsiyalash, xom - ashyolar, suv, yoqilg‘i, gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan manbalar, oqava suvlarni tozalash va oqizib yuborish sharoitlari, tayyor mahsulotlarni iste’mol qiladigan rayonlar, qurilish mudduti va quvvatlarni ishga tushirish ketma - ketligi, kapital mablag‘larning taxminiy miqdori, yashash - fuqaro qurilishining hajmi va uni joylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra texnik loyihani ishlab chiqishga qadar bajarilgan loyihalash, qidiruv va tekshirish ishlarini loyihalash oldi bosqichi deb hisoblash qabul qilingan. Loyihalashning bevosita bosqichi texnik loyihani ishlab chiqish bilan boshlanadi.
Loyihalashga topshiriqni tayyorlashda qurilish uchun maydonni tanlash loyiha buyurtmachisi, loyihalash tashkiloti, pudratchi qurilish tashkiloti, mahalliy hokimiyat organlari, sanitariya - epidemiologiya xizmati, davlat yong‘in xavfsizligi nazorati, davshahartexnazorat, suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish organlari, temir yo‘l, aloqa, energetika, fuqaro mudofa boshqarmalarining vakillaridan tashkil topgan komissiya tomonidan olib boriladi.
Qurilish maydoni uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan va aholi punktlari, suv ta’minoti, energiya ta’minoti manbalariga yaqin bo‘lgan yer uchastkalarini tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maydon sanitariya talablarini qondirmog‘i lozim.
Komissiya maydonni tanlash to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzadi, ushbu dalolatnoma ko‘zda tutilayotgan loyihaviy yechimlar hamda korxonani injenerlik tarmoqlari va kommunikatsiyalariga ulash to‘g‘risidagi kelishuvning asosiy hujjati deb hisoblaniladi.
Loyihalash topshirig'mi buyurtmachi loyihalash tashkiloti ishtirokida tasdiqlangan TIA asosida tuzadi. Sanoat ob’yektini loyihalash uchun taqdim etilgan topshiriq qurilish rayoni, punkti va maydoni, mahsulotning tavsifi, uning nomenklaturasi va ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar va jihozlarga asoslangan ixtisoslashtirish hamda koopiratsiyalash, xom - ashyolar, suv, yoqilg‘i, gaz va elektrenergiya bilan ta’minlaydigan manbalar, oqava suvlarni tozalash va oqizib yuborish sharoitlari, tayyor mahsulotlarni iste’mol qiladigan rayonlar, qurilish mudduti va quvvatlarni ishga tushirish ketma - ketligi, kapital mablag‘larning taxminiy miqdori, yashash - fuqaro qurilishining hajmi va uni joylashtirish
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Injenerlik qidiruv ishlari ob’yektni qurishda va uni ekspluatatsiya qilishda texnik jihatdan to‘g‘ri hamda iqtisodiy asosolangan loyihaviy yechimlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish maqsadida olib boriladi. Injenerlik qidiruv ishlari ikkita: iqtisodiy va texnik tadqiqotlar qismlariga bo‘linadi. Injenerlik qidiruv ishlarining iqtisodiy qismi investitsiyalarning TIA ni ishlab chiqish va biznes- reja tuzish vaqtida olib boriladi. Lekin bu izlanishlarning ma’lum qismidan loyihash jarayonida ham foydalaniladi. Iqtisodiy izlanishlar vazifasiga quyidagilar: ishlab turgan korxonalarning mavjudligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, xom-ashyo manbalari, yoqilg‘i - energiya resurslari, turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan injenerlik tarmoqlari, temir va avtomobil yo‘llari, suvning ulanish yo‘llari, mehnat resurslari va yashash maydoni, xom - ashyo bazasini rivojlantirish, yer fondining holati haqidagi malumotlarni to‘plash kiradi.
Texnik tadqiqotlar yoki izlanishlar jarayonida bajariladigan ishlar kompleksiga topografik - geodezik ishlar, injener - geologik, gidrogeologik va gidrologik, iqlimiy, tuproq - va geobotanik, sanitar - gigienik tadqiqotlar, qurilishni tashkil etish loyihasini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash kiradi. Tadqiqotlarning to‘liq va sifatli bajarilganligi loyihada qabul qilingan yechimlarning to‘g‘riligi va maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab beradi.
Loyihalash ikkita bosqich - texnik loyiha va ishchi chizmalar yoki bitta bosqich - texnik-ishchi loyiha orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ikkita bosqichda murakkab sanoat ob’yektlari, shuningdek, shaharlarda quriladigan, bosh rejaga ega bo‘lmagan yashash-fuqaro ob’yektlari loyihanadi. Boshqa barcha ob’yektlar bitta bosqichda loyihanadi.
Texnik loyiha quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
umumiy tushuntirish matni;
bosh reja va transport;
texnologik yechimlar;
ishlab chiqarish va korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar uchun sharoitlar yaratish va ular mehnatini muhofaza qilishni tashkil etish;
arxitekturaviy - qurilish yechimlari;
injenerlik jihozlari, tarmoqlar va tizimlar;
qurilishni tashkil etish;
atrof - muhitni muhofaza qilish;
fuqarolarni himoyalash bo‘yicha injener - texnik tadbirlar;