КаИ аил OC bu yerda:
Q - sotilgan mahsulot hajmi (buyurtmachiga topshirilgan ishlar hajmi);
OC - aylanma mablag‘larning o‘rtacha qiymati.
Aylanuvchanlik koeffitsientining kamayishi korxonaning aylanma vositalari aylanishining sekinlashayotganligidan dalolat beradi va aksincha.
Bir aylanmaning o„rtacha davomiyligi (Дур) hisobot davri kunlarining aylanuvchanlik koeffitsienti qiymatiga nisbati bo‘lib, quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Т Д = ——
^>р TT айл bu yerda Tp - hisobot davri (360 kun, 180 kun, 90 kun).
Aylanma vositalarning aylanish davomiyligi qanchalik kichik yoki sotilgan mahsulot hajmi o‘zgarmas bo‘lgandagi aylanishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma vositalar shunchalik kamroq miqdorda talab qilinadi va aksincha, aylanma vositalar qanchalik tez aylanib tursa, ulardan shunchalik samarali foydalaniladi. Aylanma vositalarning aylanishini jadallashtirish samarasi resurslarning ozod bo‘lishi, ulardan foydalanishning yaxshilanishi tufayli ularga bo‘lgan ehtiyojning kamayishida aks etadi.
Mehnat resurslari va qurilishning kadrlar salohiyati
Mehnat resurslari - bu aholining jismonan rivojlangan, aqliy qobiliyat va bilimlarga ega, mehnatga layoqatli qismidir. Odatda ularni aholining iqtisodiy faol qismi deb ataladi.
Mehnatga layoqatli aholining katta qismi (moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lganlarnmg taxminan 8-10 foizi) bugungi kunda qurilish sohasida ishlamoqda. Aynan ular qurilishning asosiy fondlarini ham, aylanma fondlarini ham harakatga keltiradilar, xalq xo‘jaligi va aholi uchun kerakli ob’yektlarni vujudga keltiradilar.
Bozor va bozor munosabatlari sharoitlari mehnat resurslarini mahorat bilan boshqarish va avvalo, kadrlarni makroiqtisodiy miqyosda ham, uning birlamchi bo‘g‘inlari - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik sub’ektlar miqyosida ham kadrlarni to‘g‘ri tanlab, to‘g‘ri joylashtirish ham muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kundagi kadrlar ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini yaxshi tushunish bilan birga, iqtisodiyot va iqtisodiy rivojlanish qonunlarini, biznes-strategiyalarni, ilmiy menejment asoslarini, xo‘jalik yuritishning huquqiy masalalarini bilishlari, ishlab chiqarishda yuzaga keladigan vazifalarni tezkor echa olishlari kerak.
Islohotlardan avvalgi davrda kadrlar bilan ishlashning tahlili unda quyidagicha salbiy jihatlar bo‘lganligini ko‘rsatmoqda:
kasbga yo‘naltirishning, kadrlarni ya’ni ishchilarni va rahbarlarni (menejerlarni) tanlash va joylashtirishning rasmiyligi;
ayrim ishlovchilarning shaxsiy sifatlariga, ularning mehnat natijalariga ortiqcha baho berish yoki etarli baholamaslik;
ishlovchining o‘z ish lavozimiga mos emasligi yoki ishga qabulqilishdagi proteksionizm;
mehnat natijalari uchun javobgarlikning so‘sayishi;
o‘z-o‘zini tanqid va o‘z-o‘zidan norozilikni bilmaslik;
Bugungi kunda qurilishdagi kadrlar siyosati boshqa tarmoqlardagi bilan deyarli bir xil bo‘lib, avvalo bozor talablari va bozor munosabatlariga, qarorlar qabulqilishda mustaqillikka asoslangandir. Bunda asosiy e’tibor inson omilining kuchaytirilishiga qaratiladi, chunki iqtisodiy taraqqiyotning