Mehnat unumdorligi - bu ishlab chiqarish jarayonida safrflangan mehnat samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichdir. Mehnat unumdorligiga mumiy tushuncha bera turib, aytish mumkinki, mehnat unumdorligi mahsulot miqdori bilan aniqlanadi, ya’ni ishchilar tomonidan vaqt birligida yaratiladigan iste’mol mollarining miqdori bilan o‘lchanadi.
Mehnat unumdorligini o‘stirish omillari va rezervlari
Omillar - bu harakatlantiruvchi kuch va biron - bir jarayon va hodisaga ta’sir ko‘rsatuvchi sababdir. Mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatish xarakteri va darajasiga bog‘liq ravishda omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: moddiy - texnik, tashkiliy - iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, tabiiy-iqlimiy, siyosiy, xususiy.
Moddiy - texnikomillar yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar, xom-ashyolar va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan bog‘langandir. Ishlab chiqarishni takomillashtirishga quyidagilarni amalga oshirish bilan erishish mumkin:
jihozlarni modernizatsiyalash;
ma’naviy eskirgan jihozlarni ancha unumdor bo‘lgan yangi jihozlarga almashtirish;
ishlab chiqarish mexanizatsiyasi mavqeini oshirish orqali: qo‘lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, kichik mexanizatsiya vositalarini keng tadbiq qilish, uchastkalar va sexlarda bajariladigan ishlarni kompleksli mexanizatsiyalashtirish;
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;
yangi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash;
xom-ashyolar yangi turlaridan, progressiv materiallardan foydalanish.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni mehnat unumdorligini har tomonlama oshirishning
bosh manbai sifatida ko‘rib chiqish taqoza etiladi. Hozirgi zamon sharoitlarida fan- texnika taraqqiyoti yutug‘larini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish investitsiyalar ajratilishini talab etadi, birinchi navbatda amaldagi ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga investitsiyalarni jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Moddiy-texnik omillarning juda muhimligi, ularning moddiylashgan mehnat iqtisodiyotini ta’minlashi bilan izohlanadi.
Tashkiliy-iqtisodiy omillar mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarish mavqei bilan aniqlanadi. Unga ishlab chiqarish boshqaruvini tashkil etishni takomillashtirish: boshqaruv apparati tuzilmasi, ishlab chiqarishni boshqarish tizimi, ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini tadbiq etish va rivojlantirish kiradi.
Ijtimoiy-psixologik omillar mehnat jamoalari ahilligi, ularning ijtimoiy - demografik tarkibi, tayyorgarlik darajasi, mehnat faolligi, bo‘limlar va butun korxona bo‘yicha ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantiradigan rahbarlik qilish usuli bilan aniqlanadi.
Tabiiy-iqlimiy omillar qurilishning borishiga katta ta’sir ko‘rsadadi, chunki qurilish ishlarining aksariyat qismi ochiq osmon ostida bajariladi. Bu omillarni qurilish jarayonini loyihalashning boshlang‘ich bosqichlaridayoq hisobga olish taqoza etiladi.
Siyosiy va qonuniyomillar soliqqa tortish, investitsiyalash, lizenziyalash, bojxona va shu kabi jarayonlarni tartiblashtiradi: xalq xo‘jaligi hamma tarmoqlarini, jumladan qurilish sohasini ham rivojlantirish yo‘nalishini aniqlab beradi.
Xususiy omil. Mamlakat iqtisodiy mexanizmida ishlab chiqarish vositalari va mehnat natijalariga bo‘lgan mulkchilik shakllari o‘zgarishi ro‘y berayotgan hozirgi zamon sharoitlarida qurilish iqtisodiyotida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar tadbirkorlik va raqobat bazasida yangi iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga olib keladi, insonni ishlab chiqarish vositalari bilan bilvosita muloqatda bo‘lishdan ozod etish (ya’ni dastgohlarni, mexanizmlarni masofadan boshqarishni yo‘lga qo‘yish) uchun sharoitlar yaratilyapti.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillar biri-biri bilan o‘zaro bog‘liqlika ega bo‘lganligi tufayli ularni kompleks holda o‘rganish taqoza etiladi. Bunday o‘rganish shuning uchun zarurki, bunda har bir omilning ko‘rsatadigan ta’siri aniq baholanadi, chunki ularning ta’sirlari hech qachon bir xil bo‘lmaydi. Ulardan ba’zilari mehnat unumdorligining ustivor o‘sishini ta’minlaydi, boshqa omillar ta’siri esa o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Korxona mehnat unumdorligini o‘stirish rezervlari deganda ishlatilmayotgan ishlab chiqarish resurslari tushuniladi. Odatda O‘zbekiston korxonalarida mehnat unumdorligini o‘stirish rezervlari ichki ishlab chiqarish rezervlari, mehnat sig‘imini pasaytirish, ish vaqtidan unumli foydalanish, moddiy resurslarni tejash va mehnat qurollarini asrab-avaylab ishlatish rezervlariga bo‘linadi.
Vaqt bo‘yicha foydalanishga ko‘ra mehnat unumdorligi rezervlari joriy va perspektiv rezervlarga bo‘linadi.