41
Shunda o’rdak suv ustiga qo’ndi-da, ko’ksidagi patlardan tumshug’I bilan
yulib olib, o’ziga uya qurdi. Xuddi mana shu suzib, qalqib yuruvchi uyadan yer
paydo bo’la boshladi”.
Qissada nivxlar miflaridan foydalanilgan, ularning madaniyati hozir ham xalq
ongida yashaydi. Aynan shu bois obraz-simvollar “Sohil yoqalab chopayotgan
Olapar” qissasining g’oyasinin tushunish va talqin etishda asosiy rol o’ynaydi. Bu
nafaqat butun insoniyat naslining ilk yaratuvchisi bo’lgan Baliq – ayollar, balki
majusiylik madaniyatida xudolarga tenglashtirilgan asosiy stixiya (unsur)lar
obrazlari - Suv (dengiz), Yer (quruqlik) va Osmon (qush, yulduzlar)ga
tenglashtirilgan:
“Rutubatli, izg’irinli, qop-qorong’u tun qo’ynida hayhotday yastanib yotgan
Oxota dengizi sohillarida tabuatning ikki qudratli kuchi – Quruqlik bilan Dengiz
o’rtasid aazaliy, tinimsiz kurash davom etadi: Quruqlik Dengizning asov
to’lqinlariga to’sqinlik qilishga intiladi, Dengiz esa Quruqlikka hujum qilishda tinim
bilmaydi.
Olam olam bo’lib yaralganidan buyon, tun kundan tug’ilgan, kun tundan
tug’ilgan zamonlardan buyon ahvol shu – ikki qudratli kuch o’rtasidagi olishuv
davom etadi: bundan buyon ham kunu tun, tunu kun, toki yer bilan suv bor ekan,
ular abadul abad shunday kurashveradi.
Kunu tun, tunu kun…”
Hayot va Naslning shart-sharoiti bo’lgan stixiyalarning abadiy kurashii ham
alohida odamning, ham butun bir xalq hayotining kechishi va rivojlanishini belgilab
beruvchi bir qator antagonistic axloqiy-falsafiy kategoriyalarni o’zida aks ettiradi.
Obrazlar tizimida qariya O’rxon obraziga ahm (keksalik, hayot shomi, umr
yakunini his qilish), o’smir Kirisk obraziga ham (navqironlik, hayotning ibtidosi,
umidvorlik) muhim ahamiyat berilgani tasodif emas.
Olamning ibtidosiga insoniyat nasli hayotining asosi sifatida sabab bo’lgan
qarama-qarshi stixiyalar inson mavjudligini hayot va o’lim o’rtasidagi abadiy kurash
– axloqiy stixiyalar konflikti orqali belgilab bergan. Bu abadiy konflikt
yozuvchining o’zi tarafidan fojea sifatida belgilanadi: “Mendan ko’pincha nega
42
ijodiyotingizda fojeaviylik ustun turadi? Deb so’rashadi. Men doimo bu holat menga
bog’liq emas, deb javob beraman. Inson – o’z holicha chuqur fojeaviy mavjudot. U
o’z atrofidagi hayotni salgini anglay boshlasa, bir kun kelib hayotdan ketishini
tushunadi. Uning fojeasi mana shundadir”.
Bir kishining fojeaviy taqdiri butun urug’ning fojeasiga aylanmasligi uchun,
yana bir sitixya – Osmon mavjud, u boshqa barcha stixiyalar kurashini tartibga
soluvchi Hayot qonunini belgilaydigan oily taqdirning ramzini o’zida ifodalaydi.
Shu bois ham shomon tomonidan Kirisk uchun qo’riqlovhci bo’lgan Yulduz
belgilanadigan bayram muhimdir:
Dostları ilə paylaş: