bilimlaridan to‘la foydalana bilishda o‘z aksini topuvchi kasbga oid mustaqillik
to‘liq tarkib topadi. Kasbga oid mustaqillik yosh mutaxassislarda tinimsiz
tarbiyalanishi kerak bo‘lgan mehnat natijalariga yuksak ma’naviy javobgarlikni his
qilish, kasb sharafini his etish bilan birikib ketadi.
Ta’lim oluvchilar yuqori malakali mutaxassislar va ishlab chiqarish
ilg‘orlari bilan muomalada bo‘lar ekanlar, ularning tajribalarini o‘zlashtiradilar,
korxonalarining ijtimoiy va ishlab chiqarish hayoti bilan tanishadilar, ishlab
chiqarish jamoasining ishlab chiqarish rejasi va korxonaning iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini bajarish va oshirib bajarishdagi kurashda faol ishtirok etadilar.
Har bir ixtisoslik yoki mutaxassislik bo‘yicha bevosita korxonada o‘qitish
hajmi, mazmuni va muddatlari tegishli o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga
muvofiq belgilanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Maxsus fanlarni o’qitishning qanday shakllari mavjud?
2. Darsga qanday maqsadlar qo’yiladi?
3. O’qitishning sinf-dars shakli qanday afzallik va kamchiliklarga ega?
4. Didaktik maqsadlar bo’yicha darsning qanday turlari mavjud?
5. Korxonalarda o’qitish qanday tashkil etiladi?
6. O’quv ustaxonalarida qanday mashg’ulotlar tashkil etiladi?
7. Ishlab chiqarish korxonalariga amaliy darslar qanday tashkil etiladi?
5. MAXSUS FANLARNI O’QITISHNI METODLARI
Dostları ilə paylaş: