Og’zaki metodlardan foydalanishning muvaffaqiyat ko’rsatkichlari -
talabalarning yangi bilimlarni eslab qolishlari va takror aytib bera olishlaridir.
Og’zaki metodlarda talabalar o’qituvchi mulohazalari jarayonini takrorlaydilar,
unga taqlid qiladilar.
Talaba o’qituvchining tushuntira olish mantiqiga qanchalik yaqinlashsa,
materialni shunchalik muvaffaqiyatliroq o’zlashtiradi.
Og’zaki metodlardan yangi materialni o’rganish paytida foydalaniladi va bu
o’rganish fanlarni egallashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borilsagina ular
ta’limda yaxshi samara beradi.
5.3. Ko’rgazmali metodlar
Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan
ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv
materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Ta’limning ko’rgazmali vositalari bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish
xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallarining namunalari
ko’rsatilganda, mexanizmlarning ishlashini virtual model orqali yoki tikuv
mashinasida bajariladigan texnologik jarayonnming videotasviri namoyish qilinishi
orqali
tushuntirish mumkin,
Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati
ko’rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy
obrazlarga, tasavvurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni bir
tizimga solish va boyitishda, shuningdek, talabalarning fikr yuritish faoliyatini
faollashtirishda yordam beradi.
Ta’limning ko’rgazmali usullari talabalarning bilish faoliyatida obrazli va
mantiqiy, konkret va abstrakt, hissiy va aqliy jihatlarning nisbatini chuqur
tushunishni talab etadi.
Ko’rgazmali vositalarni namoyish qilish (ko’rsatish) yordamida talabalarda
mashina va mexanizmlar tuzilishini, texnologik jarayonlarni, mehnat harakatlarini
muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini
qiyoslaydilar. Mazkur metodning qo’llanilishi maxsus fanlarni o’qitishda
ko’rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bo’lib hisoblanadi. Maxsus fanlar
darslarida ko’rsatmali qurollarning turli xil va shakllaridan foydalanish
o’qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish hamda o’zlashtirishlarga,
malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi. Slaydlar, rlakatlar,
sxemalar, modellar, maketlarni namoyish qilish bilan bir qatorda harakatdagi ish
quroli, asboblar, moslamalar xom-ashyolar, buyumlarning haqiqiy namunalari va
hokazolarni ko’rsatish ham katta ahamiyatga ega.
5.4. Amaliy metodlar
Mashqlar,
mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba-sinov ishlari asosida o’quv
materialini egallash shakllari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana
shu metodlar yordamida amaliy ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bunday
ko’nikmani shakllantirish jarayoni o’quv faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ko’nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: