O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
2 5197163324424327231

Birinchi  shart-ko’nikma  nima  maqsadda  shakllantirilishini  anglashdir.  Har 
qanday  ko’nikma-avtomatlashgan  darajaga  etkazilgan  harakatlar  tizimidir.  Agar 
talaba  o’quv  materialini  o’zlashtirishda  ularning  ahamiyatini  tushunmasa,  bu 
harakatlarni  shakllantirish  qiyin  bo’ladi.  Masalan:  tikuv  mashinasi  kiyimni  qaysi 
qismlarini  tikishga  mo’ljallanganligini  va  buning  uchun  kiyim  materialiga  mos 
ravishda  ip  va  ignalar  tanlanishi  tartibini  bilmasa,  shu  ishlarni  bajarishdagi 
harakatlarni shakllantirish qiyin bo’ladi. 
Ikkinchi  shart-mashqlarning  tizimli  bo’lishi.  Odatda,  ko’nikmalarni 
egallashdagi kamchiliklarga o’quv mashqlari tizimini tashkil etish va o’tkazishdagi 
kamchiliklar  sabab  bo’ladi,  ya’ni  mashqlarni  o’tkazish  uchun  kerakli  vositalar 
bilan ta’minlanmaganligi. 
Uchinchi  shart-amaliy  harakatlarni  anglagan  holda  bajarish.  Talabalar 
harakatlarning  muayyan  fikriy  rejasiga  asoslanishlari,  ish  jarayonlarining 
izchilligini  yaxshi  tushunishlari  zarur.  Ularni  mexanik  tarzda  takrorlashga  va 
yodlab olishga yo’l qo’ymaslik kerak. 


To’rtinchi  shart-dastlabki  amaliy  harakatlar  va  jarayonlarga  puxta 
tayyorlanish.  Ular  ongli  ravishda  reja  asosida  bajarilsa,  ko’nikma  tezroq, 
muvaffaqiyatliroq  shakllanadi.  Buning  uchun  talabalar  nazariy  bilimlarni  yaxshi 
egallashlari kerak. 
Beshinchi  shart-mashqlarni  mustaqil  bajarish  va  o’zini  o’zi  nazorat  qilish. 
Talaba ko’nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o’z harakatlarini nazorat qiladi. 
O’qituvchi  talabaga  o’z-o’zini  nazorat  qilish  usullarini  o’rgatishi  zarur.  Masalan, 
talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o’rgangandan keyin, 
uyda o’zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o’rganadi. 
Oltinchi  shart-bajarilgan  mashqlar,  amaliy  ishlar  tahlili  va  ularni  baholash. 
O’quv ko’nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo’ladi. Talabalar yo’l 
qo’yadigan  tipik  xatolar  namoyon  bo’ladi.  Lekin  o’quv  xonasida  yaxshi  ishlarni 
namoyish qilish, rag’batlantirish kerak. Ijobiy namuna asosida o’qitish afzalroqdir. 
Agar ko’nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o’qitishning amaliy 
metodlari o’quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi. 
Amaliy  metodlarga  mashqlar,  instruktaj  (yo’llanma)lar,  o’quv  qo’llanmalar 
bilan  ishlash,  laboratoriya  tajribalari,  kasbiy  ko’nikma  va  malakalarni 
shakllantirish kiradi. 
Mashqlar  –  ta`lim  jarayonini  tadqiq  qilish  har  bir  yangi  operatsiyani  qisqa 
muddatli (5-15 minut) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni 
shartli  ravishda  ta`limiy  mashqlar  deyiladi.  Amaliy  ishlarni  bajarish  jarayonida 
talabalar har xil buyumlar tayyorlar ekan, mehnat usullari va harakatlarini bajarish 
bo’yicha  mashq  qilishni  davom  ettiradilar.  Bunday  mashqlarni  tayyorgarlik 
mashqlari deyiladi. 
         Amaliy metod hisoblangan mashq talabalarning ko’nikma va malakalar hosil 
qilish  maqsadida  muayyan  amallarni  ko’p  marta  va  ma’lum  maqsadni  ko’zlab 
bajarilishini  ko’zda  tutadi.  Umumkasbiy  va  maxsus  fanlarni  o’rganishga  tadbiqan 
olganda,  mashqlardan  ko’zlangan  asosiy  maqsad  talabalarning  bilimlarini 
mustahkamlash  hamda  takomillashtirish,  ularda  olingan  bilimlarni  har  xil  ishlab 
chiqarish  masalalarini  echishga  tatbiq  etish  ko’nikmalari  hosil  qilishdan  iborat. 


Mashqlar  odatda,  dars  davomida  o’tkaziladi,  ular  o’quv  faoliyatining  barcha 
bosqichlari  uchun  xos  bo’lib,  o’quv  jarayonidagi  o’rniga  qarab  har  xil  didaktik 
vazifalarga ega bo’ladi va muayyan pedagogik talablarga javob berishi kerak. 
Mashqlarga  nisbatan  qo’yiladigan  zarur  talablardan  biri  ularning  ma’lum 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin